Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining oltinchi chaqiriq to‘qson uchinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi

2023-yilning 29-avgust kuni tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining navbatdagi to‘qson uchinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiyaga 29 nafar Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlaridan 24 nafari ishtirok etishdi. Uzrli sabablarga koʻra 5 nafar deputat qatnashmadi.

Sessiyaga ommaviy axborot vositalari va hisobot beruvchilar ishtirok etdilar.

Sessiyani Kengash kotibiyati mudiri R.Magripova ochib berdi. Sessiya avvalida sessiya kotibi saylab olindi. Sessiya kotibi etib 9-Oqtepa saylov okrugidan saylangan deputat Davronova Klara Mansurovna bir ovozdan saylandi.

Shundan soʻng deputatlar tomonidan sessiya kun tartibi maʼqullandi. Sessiyada 3 ta masala koʻrib chiqildi.

Kun tartibidagi birinchi masala Tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan yil yakuniga qadar amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida tuman hokimining hisoboti eshitildi va qaror loyihasi tasdiqlandi.

Kun tartibidagi ikkinchi masala тuman Ichki ishlar bo‘limi Yo‘l harakati xavfsizligi guruhi katta inspektori M.Xujayarovning tumanda yo‘l-transport xodisalarini oldini olish va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisoboti eshitildi va qaror loyihasi tasdiqlandi. Kun tartibidagi masala yuzasidan deputatlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berildi.

Kun tartibidagi uchinchi masala Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisini vazifasidan ozod etish to‘g‘risidagi qaror loyihasi deputatlar tomonidan tasdiqlandi.

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM