Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining oltinchi chaqiriq to‘qson ikkinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi

Xalq deputatlari Paxtachi tumanKengashining oltinchi chaqiriq to‘qson ikkinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi

 

2023-yilning 18-avgust kuni tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining navbatdagi to‘qson ikkinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiyaga 30 nafar Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlaridan 26 nafari ishtirok etishdi. Uzrli sabablarga koʻra 4 nafar deputat qatnashmadi.

Sessiyaga ommaviy axborot vositalari va hisobot beruvchilar ishtirok etdilar.

Sessiyani Kengash kotibiyati mudiri R.Magripova ochib berdi. Sessiya avvalida sessiya kotibi saylab olindi. Sessiya kotibi etib 8-Go‘ro‘g‘li saylov okrugidan saylangan deputat Norbutayev Kamoliddin Odilovich bir ovozdan saylandi.

Shundan soʻng deputatlar tomonidan sessiya kun tartibi maʼqullandi. Sessiyada 9 ta masala koʻrib chiqildi.

Kun tartibidagi birinchi masala Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlarining deputatlik odobi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2023-yil 25-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining Reglament va odob komissiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi KQ-476-IV-sonli qarori ma’lumot va ijro uchun qabul qilindi.

So‘ngra Xalq deputatlari tuman Kengashining Sanoat, transport, qurilish, kommunal soha va aholiga xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining shaxsiy tarkibini qayta tuzish va tasdiqlash to‘g‘risida, ya’ni 23-Zarafshon saylov okrugidan saylangan deputat Mustafoyev Shodiyar Mirsaidovich Xalq deputatlari tuman Kengashining Sanoat, transport, qurilish, kommunal soha va aholiga xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi etib tasdiqlandi.

Kun tartibidagi uchinchi Xalq deputatlari tuman Kengashiga 19-Bodoy saylov okrugidan saylangan deputat Xalilov Shaxobiddin Isroyilovichning deputatlik vakolatini muddatidan oldin tugatish to‘g‘risidagi masala deputatlar tomonidan tasdiqlandi.

Navbatdagi masala tuman mahalliy budjetining 2023-yil 2-chorak davomida daromadlar prognoz rejasidan ortig‘i bilan bajarilgan qismi hisobidagi mablag‘laridan samarali foydalanish to‘g‘risida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari U.Arnaqulovning taklifi muhokama qilindi va bir ovozdan tasdiqlandi.

Kun tartibidagi beshinchi masala tumandagi 2 ta oilani “Temir daftar”ga kiritish to‘g‘risida, bunda tumanning Boltali mahallasida yashovchi fuqaro Qorayev O‘ktam Samandarovichning oilasi hamda tumanning Bo‘ston mahallasida yashovchi fuqaro Xushvakov Aktam Uktamovichning oilasi “Temir daftar”ga kiritilishi qo‘llab-quvvatlandi.

Kun tartibidagi keyingi masala Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2023-yil 27-iyul kuni Fargʻona viloyatida investitsiyalarni jalb etish, sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha boʻlib oʻtgan yigʻilishda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, tumanda qishloq xoʻjaligi yerlaridan unumli foydalanish, takroriy ekin ekish uchun yerlarni ijaraga berish orqali aholi daromadlarini oshirish ishlari to‘g‘risida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari U.Arnaqulov tomonidan ma’ruza qilindi.

Kun tartibidagi yettinchi masala yuzasidan tumanda har bir mahallaning “O‘sish nuqtalari” va ularda yashovchi aholining ehtiyojidan kelib chiqib, mahallaning moliyaviy mustaqilligini kuchaytirish maqsadida mahallalar qoshida tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish yuzasidan qilingan ishlar to‘g‘risida tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i B.Azizovning hisoboti eshitildi va deputatlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berildi.

Navbatdagi masala yuzasidan tuman Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i U.Suvanovning tumanda aholi salomatligini muhofaza qilish borasidagi faoliyati, sog‘liqni saqlash, xususan, tez tibbiy yordam, kafolatlangan bepul tibbiy yordamni ko‘rsatilishi holati bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi va qaror loyihasi tasdiqlandi.

Sessiya yakunida tuman Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi markazi boshligʻi M.Rasulovning 2023-yil 6 oyi davomida tumanda yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish samaradorligini oshirish, aholi orasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish borasida olib borilgan ishlar yuzasidan hisoboti eshitildi, muhokama qilindi va bir ovozdan tasdiqlandi.

 

 

 

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM