Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining oltinchi chaqiriq sakson to‘qqizinchi sessiyasi 

 

2023-yilning 13-iyun kuni tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining navbatdagi sakson to‘qqizinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiyaga 30 nafar Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlaridan 22 nafari ishtirok etishdi. Uzrli sabablarga koʻra 8 nafar deputat qatnashmadi.

Sessiyaga ommaviy axborot vositalari va hisobot beruvchilar ishtirok etdilar.

Sessiyani Kengash kotibiyat mudiri R.Magripova ochib berdi. Sessiya avvalida sessiya kotibi saylab olindi. Sessiya kotibi etib 1-Qo‘shhovuz saylov okrugidan saylangan deputat Kenjayev Farxod Bobomurodovich bir ovozdan saylandi.

Shundan soʻng deputatlar tomonidan sessiya kun tartibi maʼqullandi. Sessiyada 7 ta masala koʻrib chiqildi.

Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan tuman mahalliy budjetining 2023-yil 1-chorak davomida daromadlar prognoz rejasidan ortig‘i bilan bajarilgan qismi hisobidagi mablag‘laridan samarali foydalanish hamda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan mablag‘larni ajratish to‘g‘risidagi qaror loyihasi tasdiqlab olindi.

Navbatdagi masala bo’yicha Paxtachi tumanida 2023-2024-yillarda Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan sement-beton qoplamali ichki yo‘llar qurish bo‘yicha manzilli ro‘yxatni tasdiqlash to‘g‘risida tuman hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Musirmanov Shuxrat Jo‘rayevichning hisoboti tinglandi.

Kun tartibidagi uchinchi masala bo’yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-avgustdagi “Mahallalarda tadbirkorlikni yanada qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlik subyektlari bilan aholi o‘rtasida kooperatsiyani rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5214-sonli qarorining ijrosini ta’minlash to‘g‘risida tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimining kambagʻallikni qisqartirish va mahallani qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha oʻrinbosari Omonov Xusan Uchqunovichning hisobotini eshitish bilan davom etdi. H.Omonov mahallarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Deputatlar tomonidan qoloq mahallalarda bo‘layotgan o‘zgarishlar haqida chuqurroq ma’lumot berish so‘raldi.

Navbatdagi masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi to‘g‘risida Z.Shonazarovning hisoboti kasallik ta’tiliga chiqqanligi uchun navbatdagi sessiyaga qoldirildi.

Kun tartibidagi beshinchi masala boʻyicha ya’ni 1 ta oilani “Temir daftar”ga kiritish to‘g‘risidagi qaror loyihasi tasdiqlandi.

Kun tartibidagi oltinchi masala bo‘yicha “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Arnaqulov Usmon Shukurullayevich ma’ruza qildi. Arnaqulov Usmon Shukurullayevichning bergan taklifi deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.

Sessiya yakunida yettinchi masala bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-noyabrdagi PQ-20-sonli va 2022-yil 10-sentabrdagi PQ-373-sonli qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-sonli qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida tuman hokimining Qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari G‘.Absanovning hisoboti eshitildi va muhokama qilinib tasdiqlandi.

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM