Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining oltinchi chaqiriq sakson beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

 

2023 yilning 13 aprel kuni tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining navbatdagi sakson beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

 Sessiyaga 30 nafar Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlaridan 24 nafari ishtirok etishdi. Uzrli sabablarga ko‘ra 6 nafar deputat qatnashmadi.

Sessiyaga ommaviy axborot vositalari va hisobot beruvchilar ishtirok etdilar.

Sessiyani Kengash raisi M.Xamdamov ochib berdi. Sessiya avvalida sessiya kotibi saylab olindi. Sessiya kotibi etib 9- Oqtepa saylov okrugidan saylangan deputat Davronova Klara bir ovozdan saylandi.

Shundan so‘ng deputatlar tomonidan sessiya kun tartibi ma’qullandi. Sessiyada 10 ta masala ko‘rib chiqildi.

Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan tumanda «Yashil makon» umummilliy loyihasi ijrosi hamda 2023 yilda tumanda atrof-muhitni ifloslanishini oldini olish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i X.Maxsiddinovning hisoboti eshitildi.

Sessiya tuman mahalliy budjetining 2023 yil harajatlariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i v.b. U.Arnaqulovning taklifini muhokama qilish bilan davom etdi.

Navbatdagi masala bo‘lgan tijorat banklari (ATB «Agrobank», ATB «Mikrokreditbank», AT «Xalq banki») tuman filiali rahbarlarining tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llabquvvatlash hamda imtiyozli kreditlar ajratish bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlari yuzasidan hisobotlarini eshitish  bilan davom etdi.

Kun tartibidagi to‘rtinchi masala 4-bosqich «Ayollar daftari»da turgan qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud ehtiyojmand, ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlarga bir martalik moddiy yordam va uy-joyga muhtoj xotinqizlarga uy-joy ajratish to‘g‘risida tuman hokimining o‘rinbosari — oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i I.Juraqulovaning taklifi muhokama etildi.

Sessiya Xalq deputatlari tuman Kengashining 2023 yil 10 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 31 martdagi «Xotinqizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 145-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 4-bosqich «Ayollar daftari»ga tumandagi ijtimoiy himoyaga muhtoj 4155 nafar xotin-qizlarni kiritish va yo‘l xaritasini tasdiqlash masalasi yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari — oila va xotin — qizlar bo‘limi boshlig‘i I.Juraqulovaning taklifi to‘g‘risida”gi VI-82-29-7-102-K/23-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi taklifini muhokama qilish bilan davom etdi.

Shundan so‘ng tuman ichimlik suvi ta’minotining bugungi holati va amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha «Samarqand suv ta’minoti» MChJ Paxtachi tumani filiali rahbari S.Xoliqovning hisoboti tinglandi. Ko‘rpa saylov okrugi deputati  Sh. Egamberdieva tomonidan suv o‘tkazish uchun kovlangan ariqlarni atrofini tekislash vazifasini bajarishga aniqlik kiritish haqida so‘raldi..

Kun tartibidagi yettinchi masala bo‘yicha tumanda 2024 yilda Davlat dasturiga asosan meliorativ ob’ektlarda rekonstruksiya va ta’mirlab tiklash loyihalarini amalga oshirish yuzasidan Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Meliorativ ekspeditsiyasi tuman bo‘limi boshlig‘i J.Toxirovning hisoboti muhokama qilindi.

Navbatdagi masala tuman mahalliy budjetining 2023 yil I chorak davomida daromadlar prognoz rejasidan ortig‘i bilan bajarilgan qismi hisobidagi mablag‘lardan samarali foydalanish hamda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar to‘g‘risida qaror loyihasi tasdiqlandi.

Shundan so‘ng tumanda 2023 yil 1-mavsum yakuni bilan jamoatchilik fikri asosida g‘olib deb topilgan loyihalar to‘g‘risida tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i v.b. U.Arnaqulovning hisoboti muhokama qilindi.

Sessiya so‘ngida  «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi malag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida taklif eshitildi, muhokama qilindi va tasdiqlandi.

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM