Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining oltinchi chaqiriq sakson uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

 

2023 yilning 14-mart kuni tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining navbatdagi sakson uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyaga 29 nafar Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlaridan 22 nafari ishtirok etishdi. Uzrli sabablarga ko‘ra 7 nafar deputat qatnashmadi.

Sessiyaga ommaviy axborot vositalari va hisobot beruvchilar ishtirok etdilar.

Sessiyani Kengash raisi M.Xamdamov ochib berdi. Sessiya avvalida sessiya kotibi saylab olindi. Sessiya kotibi etib 1- Qo‘shxovuz saylov okrugidan saylangan deputat Kenjaev Farxod Bobamuradovich bir ovozdan saylandi.

Shundan so‘ng deputatlar tomonidan sessiya kun tartibi ma’qullandi. Sessiyada 4 ta masala ko‘rib chiqildi.

Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25-oktyabrdagi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-408-son qarori ijrosi yuzasidan tuman hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.Musirmanovning hisoboti eshitildi.

Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi taklif ma’qullandi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri A.Xaqnazarovning jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqilish holati to‘g‘risidagi axboroti eshitildi.

Sessiya Yoshlar muammolarini hal etishga ko‘maklashish, yosh avlodning iste’dodi va qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi boshlig‘i E.Sanaqulovning hisoboti eshitildi, muhokama qilindi va qaror qabul qilindi.

 

 

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM