Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining navbatdagi yetmish yettinchisessiyasi bo‘lib o‘tdi

 

2022-yilning 21-dekabr kuni tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining navbatdagi yetmish yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada 29 nafar Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlaridan 23 nafari ishtirok etishdi. Uzrli sabablarga ko‘ra 6 nafar deputat qatnashmadi.

Sessiyada, ommaviy axborot vositalari, tuman hokimi o‘rinbosarlari va hisobot beruvchilar ishtirok etdilar.

Sessiyani tuman hokimi M.Xamdamov ochib berdi. Sessiya avvalida sessiya kotibi saylab olindi. Sessiya kotibi etib 15-Hayit Elbegi saylov okrugidan saylangan deputat S.Abdullayeva bir ovozdan saylandi.

Shundan so‘ng deputatlar sessiya kun tartibini ma’qulladi. Sessiyada 7 ta masala ko‘rib chiqildi.

Sessiya “Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari maqsadli sarflanishi yuzasidan 12 oy davomida bajarilgan ishlar to‘g‘risida Bolalar masalalari bo‘yicha tuman Milliy komissiyasi sho‘ba mudiri D.Nomozovning hisobotini eshitish bilan boshlandi.

Kun tartibidagi ikkinchi masala bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 5-maydagi “Tez tibbiy va shoshilinch yordam xizmati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 38-sonli bayoni ijrosini ta’minlash to‘g‘risida tuman Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i U.Suvanovning hisoboti tinglandi va Kengash raisi tomonidan tumanda “Call-markaz”lar faoliyatini yo‘lga qo‘yish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Sessiya tumanda 2022-yilda xizmatlar sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i U.Suvanovning hisoboti qaror loyihasini tasdiqlash bilan davom etdi. Deputatlar tomonidan aholiga yanada qulayliklar yaratish maqsadida MSKT tekshiruvi, LOR operatsiyasi, laparoskopiya apparatida yuqori texnologik operatsiyalarni yo‘lga qo‘y ish choralarini ko‘rish tavsiya etildi.

Kun tartibidagi to‘rtinchi masala bo‘lgan yil davomida tumanda “Yashil makon” tadbirlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i X.Maxsiddinovning hisoboti muhokama qilindi va bir ovozdan tasdiqlandi. Qarorda tuman hokimining o‘rinbosari (Sh.Musirmanov), tuman Qurilish boʻlimi (S.Qilichov), tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspeksiyasi (X.Maxsiddinov) har bir qurilish obyektidagi daraxtlarni parvarishlashga mas’ullarni nomma-nom biriktirish hamda ularni oʻz vaqtida parvarishlashi ustidan nazorat oʻrnatishi belgilandi.

So‘ngra 2022-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish prognoz parametrlarining rejaga nisbatan ijrosi yuzasidan tuman Bandlikka ko‘maklashish markazi direktori B.Azizovning hisoboti eshitildi va bir ovozdan qoʻllab-quvvatlandi. Hisobotda sektorlar kesimida, korxona va idoralarning mutasaddi rahbarlari bilan hamkorlikda tuman aholisining “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar, ayniqsa xotin-qizlar, yoshlarning ishsiz qatlamini kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish bo‘yicha ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisida aytib oʻtildi.

Kun tartibidagi oltinchi masala yuzasidan tumanda 2022-yilda chorvachilik sohasida amalga oshirilgan loyihalar hamda 2023-yilda chorvachilik sohasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar to‘g‘risida tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i D.Raximovning hisoboti eshitildi va qaror loyihasi tasdiqlandi. Bunda tumanda chorvachilik sohasida 2022-yilda 22 ta loyiha rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 21 ta loyiha ishga tushirilgan va “Paxtachi klaster” MCHJga qarashli qoramolchilik yo‘nalishidagi 1 ta loyiha 2023-yilning 4-choragigacha amalga oshirilishi ta’kidlab oʻtildi.

Sessiya yakunida tumanda “Ayollar daftari”da turgan 2 539 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarni “Ayollar daftari”dan chiqarish to‘g‘risida tuman hokimining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i I.Jurakulovaning hisoboti tinglandi, muhokama qilindi va qaror loyihasi tasdiqlandi.

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM