Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining navbatdagi oltmish to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

 

Bugun 24-avgust kuni tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining navbatdagi oltmish to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada 29 nafar xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlaridan 23 nafari ishtirok etishdi. Uzrli sabablarga ko‘ra 6 nafar deputat qatnashmadi.

Sessiyada, ommaviy axborot vositalari, tuman hokimi o‘rinbosarlari va hisobot beruvchilar ishtirok etdilar.

Sessiyani tuman hokimi M.Xamdamov ochib berdi. Sessiya avvalida sessiya kotibi saylab olindi. Sessiya kotibi etib 11-Mojor saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Arziqulovbir ovozdan saylandi.

Shundan so‘ng deputatlar sessiya kun tartibini ma’qulladi. Sessiyada 9 ta masala ko‘rib chiqildi.

Sessiya 2022-yil 9 oylik tuman mahalliy budjetining xarajatlari yoyilmasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida tuman hokimligi Moliya boʻlimi boshligʻi U.Arnaqulovning hisobotini eshitish bilan boshlandi.

Kun tartibidagi ikkinchi masala bo‘lgan tumanda 2022-yilda xizmatlar sohasini yanada rivojlantirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari V.Hakimovning hisoboti tinglandi. Hisobot yakunida V.Hakimovga deputatlar tomonidan savollar berildi va hisobot muhokama qilindi.

Sessiya 2021-yil Samarqand viloyati mahalliy budjetining tekshiruv auditida Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan aniqlangan xato va kamchiliklar toʻgʻrisida tuman hokimligi Moliya boʻlimi boshligʻi U.Arnaqulovning hisoboti qaror loyihasini tasdiqlash bilan davom etdi.

Kun tartibidagi to‘rtinchi masala bo‘lgan tumandagi umumtaʼlim maktablarini yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik koʻrish holati toʻgʻrisida tuman Xalq taʼlimi boʻlimi mudiri A.Nosirovning hisoboti muhokama qilindi. Deputatlar tomonidan kam ta’minlangan oilalar farzandlarini maktab formalari bilan ta’minlash borasida takliflar berildi.

Sessiyada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-oktabrdagi “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6096-son farmoni ijrosi yuzasidan tuman hokimining oʻrinbosari, Investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi boshligʻi B.Ergashov batafsil hisobot berdi.

Kun tartibidagi oltinchi masala yuzasidan ya’ni tumanda “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ularning muammolarini hal etish, bandligini taʼminlash hamda ularga munosib turmush sharoitlari yaratish masalalari yuzasidantuman hokimining oʻrinbosari – Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi v.b. I.Juraqulovaning hisoboti muhokama qilindi va bir ovozdan tasdiqlandi. Hisobotda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida 3-bosqich 1-toifa “Ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar”ni bandligini taʼminlash maqsadida 250 nafar xotin-qizlar asbob-uskunalar bilan ta’minlanganligi aytib o‘tildi.

So‘ngra hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi darajasini baholashning reyting koʻrsatkichlari natijalarini muhokama qilish yuzasidan tuman hokimining birinchi oʻrinbosari V.Hakimovning hisoboti tinglandi va yoshlarni ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga jalb qilish, ular o‘rtasida turli sport musobaqalari, kitobxonlik va boshqa ommaviy tadbirlarni muntazam o‘tkazib borish haqida deputatlar tomonidan tavsiyala berib o‘tildi.

Sessiya “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan mablagʻ ajratish toʻgʻrisidatuman hokimining birinchi oʻrinbosari V.Hakimovning hisobotini eshitish va muhokama qilish bilan davom etdi.

Sessiya yakunida 4 ta sektor rahbarlarining “Temir daftar”dan chiqarish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullandi. Bunda 594 ta oila “Temir daftar”dan chiqarilayotgani aytib oʻtildi.

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM