Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining oltinchi chaqiriq ellik sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

 

2022-yilning 25-mart kuni tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining navbatdagi ellik sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyaga 29 nafar Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlaridan 22 nafari ishtirok etishdi. Uzrli sabablarga ko‘ra 7 nafar deputat qatnashmadi.

Sessiyaga ommaviy axborot vositalari va hisobot beruvchilar ishtirok etdilar.

Sessiyani Kengash kotibiyati mudiri R.Magripova ochib berdi. Sessiya avvalida sessiya kotibi saylab olindi. Sessiya kotibi etib 5-Ko‘rpa saylov okrugidan saylangan deputat Egamberdiyeva Shaxrigul Abdurashidovna bir ovozdan saylandi.

Shundan so‘ng deputatlar tomonidan sessiya kun tartibi ma’qullandi. Sessiyada 3 ta masala ko‘rib chiqildi.

Kun tartibidagi birinchi masala tumanda fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori darajada o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaror loyihasi muhokama qilindi, hamda tumanda fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiya tarkibi tasdiqlandi.

Kun tartibidagi ikkinchi masala xalq deputatlari tuman Kengashi qoshidagi “Yoshlar parlamenti vakillar maktabi”ni tashkil etish to‘g‘risidagi qaror loyiha muhokama qilindi va tasdiqlandi.

Sessiya kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashiining 2022-yil 18-fevraldagi VI-54-31-7-102-K/22-sonli Qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida tuman Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari D.Burxonovaning taklifi eshitildi va bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi.

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM