Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining oltinchi chaqiriq ellik beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

 

 Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining oltinchi chaqiriq ellik beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 

2022-yilning 25-fevral kuni tuman hokimligi majlislar zalida xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining navbatdagi ellik beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada 29 nafar xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlaridan 24 nafari ishtirok etishdi. Uzrli sabablarga ko‘ra 5 nafar deputat qatnashmadi.

Sessiyada ommaviy axborot vositalari va hisobot beruvchilar ishtirok etdilar.

Sessiyani Kengash kotibiyati mudiri R.Magripova ochib berdi. Sessiya avvalida sessiya kotibi saylab olindi. Sessiya kotibi etib 6-Sardoba saylov okrugidan saylangan deputat B.Egamberdiyev bir ovozdan saylandi.

Shundan so‘ng deputatlar tomonidan sessiya kun tartibi ma’qullandi. Sessiyada 5 ta masala ko‘rib chiqildi.

Kun tartibidagi birinchi masala, tuman hokimining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslaxatchisi D.Burxanovaning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-martdagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5020-sonli Qarori ijrosi yuzasidan hisoboti tinglandi.

Kun tartibidagi ikkinchi masala, tuman Telekommunikatsiya bog‘lamasi boshlig‘i E.Bobayevning tumanimizda axborot texnologiyalari sohasida amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, aholining internet tarmoqlaridan erkin va tezkorlik bilan foydalanishiga oid qonunchilik hujjatlari ijrosi to‘g‘risidagi hisoboti muhokama qilindi.

Shundan so‘ng navbatdagi uchinchi masala, tuman Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limi boshlig‘i U.Bobomurodovning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-oktabrdagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 654-sonli Qarori ijrosi yuzasidan hisoboti eshitildi.Hisobot beruvchi U.Bobomurodovga 12-Obodon saylov okrugidan saylangan deputat J.Qurbonov moddiy yordam so’rab murojaat etgan fuqaroga rad etilganlik sababini tushuntirish taklifini berdi.

Kun tartibidagi to‘rtinchi masala, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari V.Hakimovning “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi taklifi eshitildi, muhokama qilindi va ma’qullandi.

Sessiya so‘nggida tuman mahalliy budjetining 2022-yil 1-yanvar holatiga saqlangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish bo‘yicha tuman Moliya bo‘limi mudiri U.Arnaqulovning taklifi ma’qullandi.

 

 

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM