Yangi pedtexnologiyalarga bag'ishlangan amaliy mashg'ulot bo'lib o'tdi
Yangi pedtexnologiyalarga bag'ishlangan amaliy mashg'ulot bo'lib o'tdi
Paxtachi tumanidagi 31-maktabida Singapurning "Marshall Cavendish Education" xalqaro ta'lim tashkiloti dasturi asosida tashkil etilgan 4-bosqich amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Ushbu trening mashg‘ulotlarida 31- maktab direktori Diyora Eshpo‘latova boshchiligidagi maktab jamoasi faol qatnashishdi.
Ushbu treningda ta'limning yangi nazariy va amaliy metodlari, xususan aniq va tabiiy fanlarni o‘qitishda interfaol va zamonaviy metodlar orqali o‘qitishning yangi texnikalari to‘g‘risida ma'lumotlar berildi.
Yangi o‘rganilgan nazariy bilimlar asosida o‘quvchilarga ta'lim berishda mana shunday tadbirlarning ahamiyati yana bir bor ta'kidlandi.