insurez
16-03-2024 10:52


Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining oltinchi chaqiriq bir yuz to‘qqizinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi

2024-yilning 21-may kuni tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining navbatdagi bir yuz to‘qqizinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiyada 29 nafar Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlaridan 25 nafari ishtirok etishdi. Uzrli sabablarga koʻra 4 nafar deputat qatnashmadi.

Sessiyaga ommaviy axborot vositalari va hisobot beruvchilar ishtirok etdilar.

Sessiyani xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri R.Magripova ochib berdi. Sessiya avvalida sessiya kotibi saylab olindi. Sessiya kotibi etib 29-Jona saylov okrugidan saylangan deputat Chorshayev Abdunazar Raxmatovichni bir ovozdan saylandi.

Shundan soʻng deputatlar tomonidan sessiya kun tartibi maʼqullandi. Sessiyada 6 ta masala koʻrib chiqildi.

Kun tartibidagi birinchi masala Tuman darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarning norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha 2024-yil I choragi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i D.Haydarovning axboroti eshitildi. Axborot muhokama qilindi va bir ovozdan tasdiqlandi.

Kun tartibidagi ikkinchi masala Tuman hududida aholi bandligini ta’minlash, kam ta’minlangan oilalarni kambag‘allik darajasidan chiqarish, doimiy yashash manzillaridan uzoq muddatga chiqib ketgan fuqarolar bilan ishlash, “Sayxunobod tajribasi”ni joriy etish, aholi kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni bartaraf etish, “Mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida sektor rahbarlarining hisoboti eshitildi. Hisobot so‘ngida

Kun tartibidagi navbatdagi masala Tumandagi 1 ta oilani “Temir daftar”ga kiritish to‘g‘risida taklif berildi va taklif maqullanib tasdiqlandi.

Kun tartibidagi to‘rtinchi masala Tuman mahalliy budjetining 2024-yil 1-chorak davomida daromadlar prognoz rejasidan ortig‘i bilan bajarilgan qismi hisobidagi mablag‘laridan samarali foydalanish hamda ayrim tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan mablag‘larni ajratish to‘g‘risida bo‘lib quyidagi masala muhokama qilindi va tassdiqlandi.

Kun tartibidagi keyingi masala O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 79-sonli qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida bo‘lib o‘tdi va muhokama qilinib tasdiqlandi.

Kun tartibidagi so‘ngi masala Tuman hokimi va yerdan foydalanuvchilar o‘rtasida tuzilgan yer ijarasi shartnomasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida tog‘risida bo‘ldi. Tuman deputatlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olib masala tasdiqlandi.

Teglar
Insurance Policy