insurez
12-08-2024 18:44

Xavfsiz oila – farovon turmush garovi


Xavfsiz oila – farovon turmush garovi

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan hududlarda “Xavfsiz oila” maxsus profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Bugun Paxtachi tumanida mazkur profilaktik tadbirlar doirasida hamkor tashkilotlar vakillari, mahallalardagi xotin-qizlar faollari va profilaktika inspektorlari ishtirokida seminar o‘tkazildi.

Shu yerda viloyatdan kelgan ishchi guruh a’zolari va tuman mas’ullari hududlarga taqsimot qilinib, mahallalarga o‘rganishga chiqiladi.

“Oila – turmush” munosabatlari doirasida sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning barvaqt oldini olishga qaratilgan mazkur tadbirlar tumanda 2 kun davom etishi ko‘zda tutilgan.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar
- -