insurez
11-10-2024 10:51

"Uch avlod uchrashuvi" bo'lib o'tdi


"Uch avlod uchrashuvi" bo'lib o'tdi

Samarqand viloyati Paxtachi tumani Maktabgacha va maktab ta'limiga qarashli 46-umumiy o'rta ta'lim maktabida "Keksalar haftaligi" munosabati bilan "Uch avlod uchrashuvi" bo'lib o'tdi.
 Tadbir nuroniylar va yoshlar ishtirokida ochiq muloqat tarzida o'tkazildi. So'zga chiqqanlar yoshlarni ta'lim tarbiyasi, odob-axloq mavzularida, yoshlarni o'z kelajagiga befarq bo'lmaslik, jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash haqida gapirdilar.
Tadbirda Nuroniy jamg'armasi raisi M.Samandarov hamda mahalla faollari faxrilar va ota onalar ishtirok etdilar.Tadbir ko'tarinki shukuhda o'tdi.

Teglar
- -