insurez
10-07-2024 14:00

Soha xodimlari bilan suhbat o'tkazildi


Soha xodimlari bilan suhbat o'tkazildi

Davlat Rahbarining 14.06.2024 yildagi PQ-222-son Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Paxtachi tuman prokurori J.Xolmurodov tuman elektr ta’minoti korxonasida 2024 yilda energiya samaradorlikni oshirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarning ijrosi bilan tanishdi.
Tuman prokurori tomonidan mas’ullarga elektr energiyasidan bo‘lgan qarzdorliklarni undirish, energiya xavfsizligini ta’minlash va energiya balansini shakllantirish, debitor-kreditor qazdorliklarni qisqartirish hamda ushbu yo‘nalishda tarmoqlarga noqonuniy ulanish, qonun buzilish holatlari yuzasidan keskin chora ko‘rish bo‘yicha topshiriq berdi.
Shuningdek, tuman elektr ta’minoti korxonasining mas’ul xodimlari qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘ygan taqdirda ularning javobgarlik masalasi qat’iy hal etilishi haqida rasman ogohlantirildi.

Teglar
- -