insurez
10-10-2024 16:44

Sayyor sud majlisi o‘tkazildi


Sayyor sud majlisi o‘tkazildi

Paxtachi tuman prokuraturasi, tuman JIB sudi, tuman IIB JXX Probatsiya guruhi tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi bilan hamkorligida umumprofilaktik tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda probatsiya nazoratida turgan shaxslarni jinoyat yo‘lidan qaytarish, ijtimoiy hayotga moslashtirish borasida bir qator huquqiy va ijtimoiy  muammolari joyida o‘z yechimini topdi, ya'ni tumanning sektor rahbarlari tomonidan o‘tkazilgan "Rahbar va yoshlar uchrashuvi"da 25 nafar nazoratdagi yoshlarning huquqiy muammolari o‘rganilib, tashkil etilgan sayyor sud majlisida tuzalish yo‘liga o‘tgan 8 nafar nazorat ostidagi shaxslar jazodan muddatidan ilgari shartli ozod etildi.
 
Bundan tashqari sud tomonidan tayinlangan jazoni o‘tamasdan, jazo o‘tash tartib qoidalarini qasddan mensimasdan kelayotgan 3 nafar nazoratdagi shaxslarning jazosi og‘ir jazoga, xususan ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi.

Bu kabi hamkorlikdagi ishlar Probatsiya nazoratida turgan shaxslarni jinoyat yo‘lidan qaytarishda muhim o‘rin tutmoqda.

Teglar
- -