insurez
09-07-2024 09:55

Samarqandning 72% elektr energiya iste’molchilari iyun oyida 200 kVt/soatgacha elektr energiyasi iste’mol qilgan


Samarqandning 72% elektr energiya iste’molchilari iyun oyida 200 kVt/soatgacha elektr energiyasi iste’mol qilgan


Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg’i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida” 2024-yil 16-apreldagi 204-son qarori qabul qilingan.

Bugun viloyat hokimligida mazkur qarorda yuklatilgan vazifalar ijrosi, elektr energiya ta’minoti, iste’moli va muqobil energiya manbalaridan foydalanish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etildi. 

Muhokama davomida viloyatda elektr energiya iste’moli tahlil qilinganda, iyun oyida 524391 ta iste’molchi yoki jami iste’molchilarning 72 foizi tomonidan 200 kVt/soatgacha elektr energiyasi iste’mol qilinganligi ma’lum qilindi. Paxtachi tumani (85% iste’molchilari), Narpay tumani (83% iste’molchilari), Pastdarg’om, Payariq va Urgut tumanlari (82% iste’molchilari) tejamkorlik natijalarini qayd etishgan.

Teglar
- -