Samarqanddagi barcha tuman va shaharlarning birinchi sektor rahbar va ularning kotiblari Bulung‘urda yig‘ildi
Tumanning 1-sektor hududida sektorlar faoliyatini sifat jihatidan yaxshilash hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligiga qaratilgan seminar bo‘lib o‘tmoqda.
Unda viloyat hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari Behzod Rahmatullayev, Bulung‘ur tumani hokimi Samandar Ostonov tuman va shaharlar 1-sektor rahbarlari, ularning kotiblari hamda sohaga tegishli boshqarma mas’ul rahbarlarini Bulung‘ur tajribasi bilan tanishtirmoqda.
Sektor rahbarlari dastlab «Amir Hamza» jome masjidini ziyorat qildi.