insurez
24-05-2024 09:44

Qovun pashshasiga qarshi kurashish usullari


Qovun pashshasiga qarshi kurashish usullari

Qovun mahsulotlarini yetishtirishda asosiy muammolardan biri bu vegetatsiya davrida uchraydigan qovun pashsha qurtlaridir.

Qovun pashshasi may oyining ikkinchi dekadasidan ucha boshlaydi. Ona pashshalar qishlovdan chiqqandan so’ng 3-4 kun o’tgach, otalanib tuxum qo’yadi. Respublikamiz sharoitida 3-4 ta nasl berib rivojlanadi. Qovun pashshasi poliz ekinlarining o’sish davrida onalik guli, tuguncha hamda mevalariga tuxum qo’yib, tuxumlardan chiqqan lichinkalari mevalar ichiga kirib zararlashi natijasida, olinadigan hosil iste’molga yaroqsiz xolga keladi. Poliz mevalarining qovun pashshasi bilan zararlanganligini tashqi ko’rinishidan aniqlash qiyin.

Meva ichidagi lichinkalarga qarshi kimyoviy kurash o’tkazish samara bermasligini hisobga olgan holda, pashshalarga qarshi kurashni olib borish zarur.

Agrotexnik kurash choralari: O’simlik qoldiqlaridan tozalash, chuqur shudgor qilish, qator oralariga sifatli ishlov berish, kech kuzda sug’orish va yerlarni yaxoblash, pashsha kuzatilgan dalalarga qovunni qayta ekmaslik tavsiya etiladi.

Kimyoviy kurash choralari: Birinchi ishlovni o’simlikning gullash davridan boshlab, 3-4 marta purkaladi. Preparatlardan: Karbofos 50% k.e – 2 kg/ga, Fufanon 57% k.e – 1 kg/ga, Piligrim 24,7% k.e – 0,2 kg/ga, Nestor 20% n.kuk – 0,3 kg/ga, Endjeo 24,7% sus.k.-0,3l/ga me’yorida almashlab purkash tavsiya etiladi. Preparatlarning birortasini 300 litr suvga aralashtirib ishlov berish tavsiya qilinadi.

Kimyoviy ishlov berilgan dalalarga 2-3 kun o’tkazib o’simlikni stressdan chiqarish va rivojlanishini tezlashtirish uchun tarkibida gumin, fulvo, gibberell va oziqa moddalar kompleksi (N,P,K) mikroelementlar tarkibida bor o’simliklarning o’sishini boshqaruvchi preparatlarning birortasi bilan ishlov berish mumkin.

 

Paxtachi tuman O’simliklar karantini va himoyasi bo’limi.

 

 

 

Teglar
- -