Pomidor kuyasi - tuta absoluta
POMIDOR KUYASI - TUTA ABSOLUTA
(pomidor g’ovaklovchi kuyasi) Pomidor kuyasi tangaqanotlilar yoki kapalaklar (Lepidoptera) turkumi, o’yiq qanotli kuyalar (Gelechiidae) oilasiga mansub hasharot.
Pomidor kuyasining yangi qo’yilgan tuxumi
Pomidor o’simliklariga tuxum qo’yishi: – Barglarga - 73% – Barg tomirchalari va poyalarga - 21% – Gulkosabarglarga - 5% – Mevalarga - 1%. Lichinkasi (qurti) endi chiqqanida oqish-sarg’ish tusli, uzunligi 0,5 mm, boshi qora (diagnostik belgi), keyin o’sib, 2-4-yoshlarida nimrang yoki sarg’ish-yashil tus oladi; 4-15 (o’rtacha 8) kun yashaydi va bu vaqtda 4-yosh o’tadi. Yetilgan lichinkaning uzunligi 8-9 mm, u ipak o’rab, tuproqqa tushadi va g’umbaklanadi.
Pomidor kuyasining g’umbagi
G’umbaklanishi tuproqda yoki o’simlik qoldiqlari orasida, ba’zan zararlangan va o’ralgan barglar ustida ipaksimon pilla ichida 10 kun davomida o’tadi. Barglarda g’ovak ichida ham g’umbaklanishi mumkin. G’umbagi-och-qo’ng’ir tusli, uzunligi 6 mm atrofida.
Imago: urg’ochi zotlari 10-15, erkagi 6-7 kun yashaydi. Uzunligi 5-7 mm, qanot yozganida 8-10 mm, tusi qo’ng’ir yoki kumushsimon, old qanotlarida xarakterli qora dog’lari bor, mo’ylovlari ipsimon (tasbehsimon).
POMIDOR KUYASINING RIVOJLANIShI
Zararkunanda tuxum, g’umbak va imago bosqichlarida qishlashi mumkin. Qulay ob-havo sharoitida yiliga 8-10 tagacha avlod beradi. Bir avlodning umri 30-35 kunda yakunlanadi.Har xil haroratlarda zararkunanda rivojlanish siklining muddatlari:
Rivojlanishi uchun minimal harorat 9 S.
14 C - 76 kunda rivojlanadi
20 C - 24 kunda rivojlanadi (opt.)
27 C - 24 kunda rivojlanadi (opt.)
Kuya pomidorni zararlashni eng afzal ko’radi, ammo boshqa ituzumdosh ekinlar va begona o’tlarni zararlab, ularda ham rivojlanishini yakunlashi mumkin.
Kapalagi kechalari uchadi, kunduzlari barglar orasida yashirinib o’tiradi. Pomidor ham issiqxonalarda, ham ochiq dalalarda, butun o’suv davrida (ko’chatlik davridan vegetasiya oxirigacha) zararlanadi. Pomidor o’simliklarining o’suv nuqtasidagi kurtaklari, barglari, poyalari va mevalari hamda poyaning pastki qismi – ildiz bo’g’zi ham zararlanadi.
Ozuqa yetarli bo’lsa qurtlari diapauzaga kirmaydi.Tullashlar orasida qurtlari barg va meva to’qimalarining tashqarisiga vaqtincha chiqib turishlari mumkin.
G’ovaklar orqali o’simlik to’qimalariga har xil mikroorganizmlar, ko’pincha zamburug’lar kirib, barglar va mevalar chirishi va mog’orlashiga olib keladi. Mevalar o’suv davrida yoki saqlash paytida chirib ketadi.
POMIDOR KUYASINING IQTISODIY ZARARI
Kuya bilan kuchli zararlangan barglar to’la nobud bo’ladi. Kuya zararlangan pomidor o’simliklarining hosildorligini 80-100% ga pasaytirib, hosilni to’la nobud qilishi mumkin. Zararlanish boshlangan kundan boshlab maydoni 1 ga bo’lgan dalani kuya 2 haftada to’la vayron qilishi mumkin.
POMIDOR KUYASINING TARQALISHI VA UNGA QARSHI KURASH CHORALARI
Kuya tarqalgan mamlakatlarda olingan ma’lumotlar ko’rsatishicha ushbu zararkunandaga qarshi kurashish o’ta qiyin. Bunda samara olish uchun bir qator tadbirlarni kompleks holda qo’llash talab etiladi. Bu tadbirlar qatoriga quyidagilar kiradi:
1. Zararkunanda mavjudligini qayd qilish (feromon tutqichlar).
2. Agrotexnik va tashkiliy tadbirlar (issiqxonalar va ularning atrofini zararsizlantirish, oynalarga va ventillyasion teshiklarga setka tutish, kirishda eshiklarni qo’sha qilish, devor va tomda teshik qoldirmaslik, o’simlik qoldiqlarini issiqxona va dalalardan chiqarish, alternativ xo’jayin o’simliklarni yo’qotish va h.).
3. Kimyoviy usuldan foydalanish.
4. Biologik usullarni qo’llash.
5. Chidamli navlarni yaratish va ekish.
Zararkunandani feromon tutqichlar yordamida ushlash. Bunda tutqichlar dalalarning har xil joylariga ancha ko’p miqdorlarda qo’yiladi. Hasharotlarga qarshi setka tutilgan va eshiklari zich yopiladigan issiqxonalarda ishlatganda dalaga ko’ra ancha yuqori samara olinadi. Ko’p mamlakatlarda bu usul boshqa kurash usullari bilan birga qo’llaniladi.
Kimyoviy kurash
Kuyaning ayrim populyasiyalari ta’sir etuvchi moddasi fosfororganik va piretroidlar bo’lgan insektisidlarga chidamlilik hosil qilgan. Ayni paytda Yevropada insektisidlarning samarasi hali yuqori. Hozir mamlakatimizda ushbu kuyaga qarshi ro’yxatga olingan preparatlar:
Abamek 1,8% em.k. (t.e.m. abamektin), 0,3-0,35 l/ga (Top Treyd Plyus, O’zb.).
Kapito KS 9,3% sus.k. (indoksakarb 75 g/l + abamektin 18 g/l), 0,45 l/ga (Xektash, Turkiya).
Takumi 2% s.e.g. (flubendiamid), 0,3 kg/ga (Nihon Noyaku, Yaponiya). Zamektin 15% s.e.g., Ampligo 150 m.k.s., Koral 10% e.k., Agroplan 20% n.kuk., Benzoat super 10% s.d.g. kabi insektisidlar bilan samarali ishlovlar o’tkazilishi kerak.
Pomidor kuyasiga qarshi biologik kurash usullari
Issiqxona sharoitida avgust-sentyabr oylarida bir o’simlikka 30 imagodan (75 imago/m2=750000 imago/ga) har 3-4 kunda 1 marta qo’yilganida biologik samaradorlik 91,74% bo’lgan.
Biologik usulni amaliyotga kiritishda quyidagilarga e’tibor berish talab qilinadi:
Ø Kimyoviy pestisidlarni qo’llamaslik;
ØZararkunanddalarning kushandalariga kam ta’sirli yoki umuman salbiy ta’sir ko’rsatmaydigan biopestisidlarni qo’llash; Ø Biologik kurash konsepsiyasini qabul qilish.
16.Pomidor kuyasiga qarshi mikrobiologik preparatlardan foydalanish Biopestisidlardan quyidagilarni ko’rsatish mumkin: Ø Bacillus thuringiensis (Bt)
Ø Beauveria bassiana (Bb)
Ø Yadro poliedrozi virusi (YaPV)
Ø Yadro granulyozi virusi (YaGV)
Ø Nim (Azadirachta indica o’simligi urug’laridan olinadigan moyli birikma) Biopestisidlarni o’zaro qo’shib yoki bioagentlar bilan birga qo’llash mumkin: Ø Bt va Nim Ø Bb va Nim Ø YaPV va NimSh YaGV va Nim Ø Bt va Nesidiocoris
Dehqon va fermer xo’jaliklarida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish zarur:
Ø dala chetlari, uvatlarda va ariq zavurlar atroflarida ituzumdoshlar oilasiga mansub bo’lgan begona o’tlar qoldiqlaridan tozalash va yo’qotish;
Ø pomidor yetishtiriladigan issiqxonalarni mavsumiy dezinfeksiya va dezinseksiya qilish;
Ø issiqxonalarda zararkunandaning tarqalishini oldini olish uchun maxsus to’r (moskit setka)lardan foydalanish;
Ø pomidor kuyasini uchishini aniqlash maqsadida feromon, suvli va yopishqoq sariq tutqichlardan foydalanish;
Ø pomidor kuyasini paydo bo’lishini aniqlash uchun 1-2 dona, kurash tadbirlari uchun ochiq maydonda 15-20 dona, issiqxonalarda 10 dona maxsus fermon tutqichlar o’rnatish;
Ø pomidor kuyasiga qarshi kurashni samarali bo’lishi uchun kuya bilan zararlangan ekin maydonlarini 10-15 kundan so’ng takror ishlov o’tkazishga yoki kuzatuv asosida har bir avlodga kamida 3-4 marotaba kimyoviy ishlov berish;
Ø pomidor hosili yig’ib olingandan keyin, uning palaklarini zudlik bilan daladan chiqarib tashlab yo’qotish, chuqur kuzgi shudgorlashni o’tkazish, sho’r yuvish kabi agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish;
Ø pomidor kuyasi tarqalgan maydonlarda kamida 2-3 yil davomida pomidor ekinini ekmaslik choralarini ko’rish.
Paxtachi tuman O’simliklar karantini va himoyasi bo’limi xodimlari.