insurez
12-07-2024 15:00

Paxtachi tumanida


Paxtachi tumanidagi 22-umumiy o‘rta ta'lim maktabi 2023-2024-o‘quv yilida «Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab» tanlovi tuman bosqichida 1-o‘rinni egallab Prezident sovrini 100 mln so‘m bilan mukofatlandi.

Prezident sovrini uchun o‘tkazilgan Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab tanlovining tuman bosqichiga Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi 22-umumiy o‘rta ta'lim maktabi xorijiy tillar o‘qituvchilari va maktab o‘quvchilari ishtirok etib,tuman bosqichida faxrli 1-o‘rinni egallab sovrindor deb topilib, mos ravishda 100 million so‘m miqdorida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini o‘z egalariga topshirildi.

Eslatib o‘tamiz o‘tgan yili 2022-2023-o‘quv yilida ham 22-maktab jamoasi tumanda 1-o‘rinni egallab 100 mln pul mukofatini olgan edi.

Teglar
- -