insurez
09-10-2024 10:29

Oziq-ovqat mahsulotlarning xavfsizligi to‘g‘risida.


Oziq-ovqat mahsulotlarning xavfsizligini ta’minlash hamda o‘tkir oshqozon ichak kasalliklari va ovqatdan zaharlanish holatlarini oldini olish borasida Tuman SEO va JS bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektining faoliyatiga aralashmagan holda tavsiyalar berilmoqda, seminarlar o‘tkazilib tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek o‘tkir oshqozon-ichak kasalliklari va ovqatdan zaharlanish holatlarini oldini olish borasida tuman bo‘limi tomonidan sifati kafolatlanmagan oziq-ovqat mahsulotlardan zaharlanishni og‘ir oqibatlari to‘g‘risida joylarda, mahalla fuqarolar yig‘inlarida, maktablarda, bozorlarda sanitariya targ‘ibot ishlari olib borilib ijtimoiy tarmoqlarda va ommaviy axborot vositalarida yoritib borilmoqda.

Bozorlarning sanitariya holatini yaxshilash hamda sotuvchi va xaridorlar uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratish borasida tumanda faoliyat yuritayotgan 2 ta asosiy dehqon bozori va 2 ta savdo komplekslari rahbarlariga 4 marotaba sanitariya tavsiyanomalar berilgan. Bozorlarda tez buziluvchi mahsulotlarni sotilishini taqiqlash borasida qarorlar chiqarilib ijro uchun mas’ullarga yetkazilgan.

Bozorlar va ularga chegaradosh hududlarda shuningdek magistral yo‘l bo‘ylarida hamda belgilanmagan joylarda oziq-ovqat mahsulotlarini jumladan muzqaymoq, salqin ichimliklar, sifati kafolatlanmagan uy sharoitida tayyorlangan ayron, go‘ja kabi taomlarni sanitariya talabiga javob bermagan joylarda sotilishini oldini olish borasida tuman ichki ishlar bo‘limi, davlat soliq xizmati va tegishli nazorat idoralari hamkorligida 30dan ziyod reyd nazoratlari o‘tkazilgan.

Joriy yilning sifatsiz, iste’molga yaroqsiz mahsulotlarni aholi iste’moli  uchun ishlatilishini oldini olish borasida mutasaddi tashkilotlar, jumladan tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi  xodimlari hamqorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida sifatsiz deb topilgan jami 796,5 kg oziq-ovqat mahsulotlarini, jumladan 60 kg go‘sht mahsulotlarini, 4 kg sut mahsulotlarini 628 kg meva-sabzavotlarini, 6 kg yog‘ mahsulotlari,         56,5 kg uy sharoitida tayyorlangan qo‘lbola konserva mahsulotlarini va 42 kg boshqa tur mahsulotlarni  ishlatilishi taqiqlanib belgilangan tartibda iste’moldan olingan.

Paxtachi tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi qo‘yidagilarni

 

                                   TAVSIYa ETADI

 

1.Bozorlardan, savdo do‘konlaridan oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilishda mahsulotni sifatiga uning yaroqlilik muddatiga, idishining bejirimligiga alohida e’tibor bering va sifatini kafolatlovchi hujjatlarini mavjudligini  so‘rab surishtiring.

2.Sifati, tovar ko‘rinishi buzilgan, sifatini kafolatlovchi xujjatlari bo‘lmagan, ishlab chiqaruvchisi va ishlab chiqarilgan vaqti ko‘rsatilmagan, uy sharoitida tayyorlangan mahsulotlarni xarid qilmang.

3.Bozorlarda, ko‘cha-kuyda, avtoshoxbekatlarda sanitariya talabiga javob bermagan sharoitda, tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan  shaxslar tomonidan tayyorlab sotilayotgan tez buziluvchi  oziq-ovqatlarni go‘sht, sut, kremli qandolat  mahsulotlarini, ichimliklarni, xasip va kalla-pocha mahsulotlarini iste’mol qilmang.

4.Go‘sht va ikkilamchi chorvachilik mahsulotlarini hamda poliz mahsulotlarini xarid qilishda ularni vetekspertiza tekshiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlarini talab eting, so‘yilgan mol go‘shti nimtasida veterinariya tamg‘asining mavjudligiga alohida e’tibor bering, maxsus qushxonalarda so‘yilganligini tasdiqlovchi xujjati bo‘lmagan va ekspertiza tekshiruvidan o‘tmagan go‘sht hamda kalla-pocha mahsulotlarini xarid qilmang.

5.Farzandlaringizni ko‘cha-kuylarda, savdo do‘konlarida  sotilayotgan sifati kafolatlanmagan «fast-fud» mahsulotlarni, energetik ichimliklarni iste’mol qilishiga befarq bo‘lmang. Turli rangdagi sintetik ichimliklarni va “fast-fud” mahsulotlarni xarid qilmang, tabiiy ekologik toza mahsulotlarni, meva-sabzavotlarni va ulardan tayyorlangan sharbatlarni xarid qiling.

6. Uy sharoitida tayyorlangan meva sabzavot konservalarini iste’mol qilishdan o‘zingizni tiying.

       7. Bozorlarda va noqonuniy savdo do‘konlarida sotilayotgan  qo‘lbola aroq va o‘simlik yog‘i mahsulotlarini sotib olmang.

8.Har qanday konserva mahsulotlarini ochishdan oldin uni chayqamasdan yaxshilab ko‘zdan kechiring, qopqog‘ini ko‘tarilmaganligiga, suyuqligini tiniqligiga va mahsulotni ezilmaganligiga e’tibor bering, qo‘cha-kuyda sotilayotgan uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini iste’mol qilmang. Savdo do‘konlaridan konserva mahsulotlarini xarid qilishda ularni saqlash muddatlariga, idishlarni butunligiga, qopqoqlarini shishmaganligiga e’tibor bering.

9.Sotib olgan mahsulotingizni sifatiga shubxa-gumon qilganingizda yoki yaroqlilik muddatini o‘tganligi aniqlanganda mahsulotni xarid qilinganlik to‘g‘risidagi chiptasi bilan iste’molchilar xuquqlarini himoya qilish boshqarmasining xududiy bo‘limlariga murojaat qiling!

Ovqatdan zaharlanishni oldini olish, salomatligingizni asrab-avaylash avvalambor o‘z qo‘lingizdaligini esdan chiqarmang, shunda Siz o‘zingizni va aziz farzandlaringizni qolaversa aholini salomatligini asragan bo‘lasiz.

 

 

Paxtachi tuman

SEO va JS bo‘limi

ovqatlanish gigienasi vrachi                                     N.Tohirova.

Teglar
- -