insurez
11-06-2024 14:35

Oromgohda bolajonlar uchun madaniy tadbir tashkil etildi


Oromgohda bolajonlar uchun madaniy tadbir tashkil etildi

Kecha 10-iyun kuni Paxtachi tumanidagi Xumor bolalar yozgi oromgohida tuman Madaniyat bo‘limi tomonidan konsert dasturi va turli ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etildi.
Madaniyat bo‘limi boshlig‘i Orol Ishmurodov bilimli va zukko bolajonlarni kitoblar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi. 

Eslatib o‘tamiz, bu kabi tadbirlarni doimiy tashkil etish to‘g‘risida Madaniyat bo‘limi, Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo‘limi va oromgoh ma'muriyati tomonidan chora~tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.
Rejaga muvofiq bolajonlar uchun ko‘ngilochar tadbirlar va madaniy~ma'rifiy dam olishlari uchun yetarli sharoitlar yaratiladi.

Teglar
- -