insurez
24-07-2024 10:00

O’rgimchakkana-g’o’zani so’ruvchi zararkunanda


O’rgimchakkana-g’o’zani so’ruvchi zararkunanda

O’rgimchakkana. G’o’zaning ashaddiy zararkunandasi hisoblanib, paxta dalalarida keng tarqalgan.

Kana asosan barglarning orqa tomoniga joylashib olib, barg shirasini so’rib shikast yetkazadi. O’rgimchak bargni juda ingichka kulrang iplari bilan o’raydi. Uning nomi ham shunga qarab qo’yilgan. Zararlangan barglarning ustki tomonida och tusli, qattiq, zararlangan joylarda qo’ng’ir va qizg’ish tusli dog’lar paydo bo’ladi.

Kananing yozgi avlodlari 8-12 kunda, mayda 15-20 kun, aprelda 25-30 kunda bir avlodi rivojlanadi. Yil davomida 4-20 avlodi rivojlanib shundan 3-12 tasi g’o’zada o’tadi. Rivojlanish vaqtida ularning 40% va undan ko’prog’i tabiiy ravishda qirilib ketadi. Urg’ochisi o’rta tolali g’o’za navlarida 100-160 tagacha tuxum qo’yib 30-40 kun yashaydi. Ingichka tolali paxtada 40-50 ta tuxum qo’yib, 10-15 kun yashaydi, begona o’tlarda 30 tagacha qo’yadi, 10 kundan ko’proq yashaydi.

Kuz yaqinlashgan sari g’o’zada to’q sariq qizil rangli urg’ochi o’rgimchakkana paydo bo’lib, ular diapauza (qishlov)ga tayyorlanadi.  Urug’langan yetuk urg’ochilari paxta dalalarida, yo’l va ariq yoqalarida, xazon ostida, ko’sak chanoqlarida, tut daraxti po’stlog’i tagida yakka holda yoki guruh bo’lib qishlaydi. O’rgimchakkana odatda shamol yordamida, o’rgimchak iplari vositasida, shuningdek, ish qurollari va hokazolar orqali tarqaladi. O’rgimchakkana qishlovdan juda barvaqt, o’rtacha havo harorati +7,3 °S dan yuqori bo’lganda chiqa boshlaydi. Birinchi avlodi begona o’tlarda, keyinchalik g’o’zaga o’tib rivojlanadi.

Kurash choralari.

         Agrotexnik tadbirlar. G’o’za ko’chatlarini qator oralariga ishlov berish; NPK o’g’itlar eritmasi bilan g’o’za maysalarini bargi orqali oziqlantirish; begona o’tlarga qarshi kurash.

Biologik usul: o’rgimchakkanaga qarshi oltinko’z entomofagining 3-4 kunlik tuxumlaridan 1:10, 1:20 nisbatlarida 10 kun oralatib 2 marta chiqariladi. Zaruriyat bo’lgan maydonlarga oltinko’z tuxumidan 500- 1000 tagacha chiqarish davom ettiriladi; atrof-muhitga va foydali hasharotlarga zararsiz bo’lgan oltingugurt preparatlaridan oltingugurt kukunidan 20-30 kg/ga changlatish, 0,5-1 li oltingugurtning ohakli qaynatmasidan gektariga 300 litr purkash.

Kimyoviy usul: vegetasiya davomida 10% o’simliklarning barg plastinkasi o’rgimchakkana bilan 5-25% qoplanganda  Iso qaynatmasi, tasir etuvchi moddasi Abamektin,  Propargit- geksiditoz vositalarini qo’llash yaxshi samara beradi.

Paxtachi tuman O`simliklar karantini va himoyasi bo`limi xodimlari.

Teglar
- -