Oliy ta’lim bilan hamkorlikda mashg‘ulotlar tashkil etildi
Oliy ta’lim bilan hamkorlikda mashg‘ulotlar tashkil etildi
Samarqand viloyati Oliy taьlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi Paxtachi tuman 2-son kasb-hunar maktabi o‘quvchi yoshlari hamda biologiya fani o‘qituvchisi Normamatova Klara, ingliz tili fani o‘qituvchisi Artiqova Gulruh ustozlar birgalikda "Ona tabiatni asrash barchamizni muqaddas burchimiz" shiori ostida ekologik ta’lim-tarbiya jarayonini tizimli tashkil etish, aholi ayniqsa yosh avlod orasida ekologik bilim va madaniyatni targ‘ib qilish, ekologik ta’limni rivojlantirish, ona tabiatni sevish va uni ko‘z qorachig‘iday asrashga qaratilgan bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha Navoiy Davlat Pedagogika Instituti "Biologiya" kafedrasida "Ekologiya va atrof muhitni muhofazasi bo‘yicha ta’lim berishni takomillashtirishga" oid davra suhbati bo‘ldi.
Ilmiy davra suhbatida Navoiy Davlat universiteti "Biologiya" kafedrasi (PhD) v.b. dotsent Manzura Atakulova so‘zga chiqib o‘quvchilarga ko‘pgina maьlumotlarni berdilar. Ekologiyaga oid ko‘pgina yangiliklar bilan o‘quvchilarni tanishtirdilar.
Navoiy Davlat Pedagogika Instituti "Biologiya" kafedrasi p.f.f.d. (PhD) Nazifa Achilova universitet kutubxonasi bilan tanishtirdilar. O‘quvchi yoshlarni ilmga bo‘lgan qiziqishlariga ko‘pgina tavsiyalar berdilar.