Kichik sanoat zonalari - Iqtisodiy taraqqiyot tayanchi
Kichik sanoat zonalari - Iqtisodiy taraqqiyot tayanchi
Kuni kecha, Paxtachi tumani hokim o'rinbosari, viloyat kichik va yoshlar tadbirkorlik zonasi direksiyasi rahbari hamda tegishli masʼullar hamrohligida tumanimizdagi “Fay” kichik sanoat zonasida bo‘lib, u yerda faoliyat olib boruvchi tadbirkorlar xususan, yuqorida taʼkidlangan yangi loyiha faoliyati bilan tanishdi.
Shuningdek, bu yerda faoliyat olib boruvchi barcha tadbirkorlar ishtirokida uchrashuv o‘tkazdi. Dastavval, ularning muammo va takliflari tinglandi. So‘ngra, statistik hisobotlarni hajmsiz ko‘rsatgan va umuman topshirmagan, belgilangan tartibdagi investitsion majburiyatlarni bajarmayotgan tadbirkorlarga bu hatti-harakatlar amaldagi tartibga xilof ekanligi tushuntirildi.
Shuningdek, ishbilarmonlarga yangi loyihalarni ishga tushirib, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirishlari va albatta yangi ish o‘rinlariga masʼul ekanligi yana bir bor eslatildi. Bunda, yuqori tashkilotlar tomonidan ham qonun doirasidagi barcha ko‘maklar ko‘rsatilishi taʼkidlandi.