Kasanachilikda yangi ish boshlayotgan xotin-qizlar kasb-hunarga o‘qitiladi.
Kasanachilikda yangi ish boshlayotgan xotin-qizlar kasb-hunarga o‘qitiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining21.12.2023 yilda “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-401-son qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, kasanachilik va hunarmandchilik yo‘nalishida yangi ish boshlayotgan xotin-qizlar uchun tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, rivojlantirish, takomillashtirish hamda ularga uslubiy yordam berish maqsadida ta’lim tashkilotlarida tajribali kasanachi va hunarmandlarni jalb etgan holda kasb-hunarga o‘qitish kurslari tashkil etiladi.
Bunda ta’lim tashkilotlarida kasb-hunarga o‘qitilgan har bir bitiruvchi xotin-qiz uchun sarflangan o‘qitish xarajatlarining 70 foizi, biroq BHM ning 5 barobaridan oshmagan qismi davlat tomonidan qoplab beriladi.
Paxtachi tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsult B.Qazoqov