Inson ijtimoiy xizmatlari
Bugun 12- iyul kuni Paxtachi tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari tomonidan Mahallada kompleks xizmat ko'rsatuvchi ijtimoiy xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining 2024-yil 4-iyuldagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi ijtimoiy xodimlar guruhlari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 172-sonli buyrug‘i “Odob-axloq” kodeksi bilan tanishtirish maqsadida seminar tashkil qilindi .
“Odob-axloq” kodeksi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari ijtimoiy xodimlari guruhlarining kasbiy madaniyati, xizmat faoliyati davomida hamda xizmatdan tashqari vaqtda odob-axloqi, tashqi ko‘rinishi va kiyinish uslubining qoidalarini belgilashini takidlab o’tdi.