Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi Paxtachi tuman inspeksiyasi tumandagi barcha fermerlar, korxona, tashkilot rahbarlari va aholini
Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi Paxtachi tuman inspeksiyasi tumandagi barcha fermerlar, korxona, tashkilot rahbarlari va aholini
OGOHLANTIRADI!
Hurmatli fermer xo‘jalik rahbarlari hamda yurtimiz fuqarolari!
Mamlakatimizda 2024 yil g‘alla o‘rim yig‘imi mavsumi boshlanishi munosabati bilan g‘alladan bo‘shagan maydonlarda somon poya qoldiqlarini yig‘ishtirib olish, ularni yoqib yuborilish holatlarining bartaraf etish barchamizning vazifamizdir. Shu sababdan, barcha xo‘jalik hududlarida yetishtirilgan boshoqli don mahsulotlari o‘rib, yig‘ib olingandan so‘ng, dalalarda somon poya qoldiqlarini yig‘ishtirib olishingiz va ushbu hududlarda yong‘in sodir bo‘lishi kabi noxush holatlarning oldini olish bo‘yicha zaruriy choralar ko‘rishingiz so‘raladi.
Somon poya qoldiqlari yonishi natijasida atmosfera havosiga uglerod oksidi, azot oksidi, azot ikki oksidi, oltingugurt oksidi kabi inson sog‘ligi uchun zararli bo‘lgan zaharli moddalar ajralib chiqadi.
Somon poya qoldiqlari yoqilishi nafaqat ona tabiatimizga, balki inson salomatligi bilan bir qatorda iqtisodiyotimzga ham jiddiy zarar yetkazishini ham unutmang!
Somon poyalari va ularning qoldiqlari yoqilgan hududlarda yer unumdorligining keskin pasayishi, tuproq strukturasining buzilishi hamda yong‘in natijasidagi yuqori harorat tufayli makro va mikro elementlarning yo‘q bo‘lib ketishi oqibatida ekin yerlarining ball boniteti keskin pasayishiga olib keladi.
Somon poyalari va ularning qoldiqlarining yoqilish holatiga yo‘l qo‘ygan huquqbuzarlarga va yer egalariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 88-moddasi 3-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobarigacha (3 million 400 ming so‘m) bo‘lgan miqdorda ma’muriy jarimalar qo‘llanilishi hamda yong‘in sodir bo‘lgan g‘alla ekin maydonlarning xar bir gektariga yetkazilgan zarar bo‘yicha amaldagi tartib asosida iqtisodiy choralar belgilanishi haqida ogohlantiramiz.
Hurmatli yurtdoshlar!
Tumanimizda g‘alla o‘rim-yig‘imi mavsumini uyushqoqlik bilan tashkil etib, g‘alladan bo‘shagan maydonlarda somon poya qoldiqlarining yoqilish holatiga yo‘l qo‘ymaylik.
Zero, atrof-muhit ifloslanishining oldini olish barchamizning fuqarolik burchimizdir!