"Boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi" bo'lib o'tdi
"Boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi" bo'lib o'tdi Bugun 18-sentyabr kuni 34-sonli Musiqa va sanʼat maktabi binosida tuman Prokuraturasi va kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda oliy, oʻrta-maxsus, kasb-hunar va professional taʼlim muassasalari bitiruvchilari, harbiy xizmatni oʻtab qaytgan harbiy xizmatchilar, ishsiz yoshlar va xotin-qizlar, Probatsiya guruhi nazorati ostidagi shaxslar, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilganlar hamda band boʻlmagan fuqarolar bandligini taʼminlash maqsadida "Boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi" tashkil etildi. Yarmarkada jami 12 nafar fuqarolar oʻzlariga mos ishlarga suhbat asosida ishga joylashtirildi. Ularning 3 nafari bitiruvchilar, 4 nafari yoshlar, 5 nafari xotin-qizlardir. Probatsiya guruhi nazorati ostidagi shaxslardan 2 nafariga Samarqand Qurilish sohasidagi malakali mutaxassislarni tayyorlash markaziga oʻqish uchun yoʻllanmalar berildi.