Amalga oshirilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlari ko'zdan kechirildi
Paxtachi tuman prokurori tomonidan 2-sektor hududidagi ijtimoiy ob’yektlarida olib borilayotgan ishlar tegishli mas’ullar bilan birgalikda o‘rganildi.
Xususan, “Jona” mahallasidagi 36-sonli maktabda olib borilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlari bilan tanishib, ushbu yo‘nalishda ishlarni jadallashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Shuningdek, "Nayman" mahalla aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.
O‘rganish so‘ngida, amalga oshirilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlarini sifatli bajarilishi bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.