3-sektorda keksalar maslahati guruhi rahbarlarining davra suhbati bo‘lib o‘tdi
3-sektorda keksalar maslahati guruhi rahbarlarining davra suhbati bo‘lib o‘tdi
Paxtachi tuman “Nuroniy” jamg‘armasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 25 noyabrdagi PQ-405-sonli ”Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini ijrosini ta’minlash yuzasidan tumandagi 3-sektor hududida joylashgan mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari va mahallalaridan faol nuroniylari, mahalla faollari ishtirokida yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda tuman “Mahalla” uyushmasi raisi Sh.Musurmonov tuman Nuroniy jamg‘armasi raisi M.Samandarov ishtirok etib, faol nuroniylarga qarorning mazmun va mohiyati bilan tanishtirdi. Qarorda faol nuroniylarga belgilangan asosiy vazifalar, mahallalarda tashkil etilayotgan “Nuroniylar va ota-onalar kengashi” tarkiblarining vazifalari yuzasidan so‘z yuritilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan tegishli choralar belgilab olindi.