insurez
01-06-2024 07:07

1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

Bola beg‘uborligi bilan dunyoni hayratga soluvchi, olam aro toza yurak egasi...

Lahzali kulgusi joningga rohat, arazlasa ko‘zinnga tor bo‘lar hayot...

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni Xalqaro demokrat ayollar federatsiyasining 1949 yil noyabr oyidagi Qarori bilan 1950 yildan beri nishonlanib kelinmoqda. Bu bayram dastlab Turkiyada 1920 yilda nishonlangan. Turklar 23 aprelni tanlashgan. Hozir ham shu kuni katta bayram qilishadi. Keyin Sovet kommunistlari ta’sirida bir qancha kommunistik davlatlarda bu bayramni 1-iyun kuni ishonlash odat qilingan. 1954 yilda BMT dunyo bo‘ylab bolalar kunini nishonlash masalasini muhokama qilgan va 1- iyun kommunistlar tomonidan tanlangani uchun aniq bir kunni belgilay olmagan hamda bayram kunini tanlashni barcha mamlakatlarning o‘zlariga havola qilgan. Ba’zi davlatlar quyidagi kunlarni tanlashgan: Avstraliya- 22-oktyabr Argentina-Avgustning oxirgi yakshanbasi Braziliya-12-Oktyabr Bangladesh-ba’zi musulmon mamlakatlariga qo‘shilib, bayram qilishdan bosh tortgan Kanada-20-noyabr, Janubiy Afrika davlatlari-25 dekabr, Sobiq Sovet blokiga kirgan davlatlar1-iyun, Xitoy 1-iyun Hindiston- 14 Noyabr, Italiya-bayram qilmaydi. Yaponiya-5-may, Pokiston-20 may, Shvesiya-2 oktyabr, AQSH-har yili prezident e’lon qiladi, shtatlar va diniy jamoalar o‘zlari tanlangan kunlar ham bor va hokazo. Xullas, dunyo hatto shu masalada ham bir to‘xtamga kela olmagan. Aslida har kun bolalar kuni bo‘lishi va ularni maxsus kunda emas, har kuni eslashimiz kerak! 
  1989 yil 20 noyabr kuni 61 davlat imzolagan "Bola huquqlari bo‘yicha Konvensiya" xalqaro bolalar huquqlari bo‘yicha birinchi va asosiy xujjat bo‘ldi.
Dunyo davlatlari aholisining 20-25%ini bolalar tashkil etadi. 
Bolalarni nimadan himoya kilish kerak? 
Rivojlangan davlatlarda - televizor va kompyuterdan (ulardagi shavqatsizlik va axloqsizlik)
Yaponiyada - g‘arb madaniyati va odatlaridan ( ananaviy yapon milliy tarbiyasi yo‘qolib bormoqda)
Osiyo va Afrikaning ayrim davlatlarida ochlik, urush va savodsizlikdan.

Teglar
- -