Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining oltinchi chaqiriq ellik oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

 

2022-yilning 4-mart kuni tuman hokimligi majlislar zalida xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining navbatdagi ellik oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada 29 nafar xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlaridan 23 nafari ishtirok etishdi. Uzrli sabablarga ko‘ra 6 nafar deputat qatnashmadi.

Sessiyada ommaviy axborot vositalari va hisobot beruvchilar ishtirok etdilar.

Sessiyani Kengash kotibiyati mudiri R.Magripova ochib berdi. Sessiya avvalida sessiya kotibi saylab olindi. Sessiya kotibi etib 30-Qarnab saylov okrugidan saylangan deputat U.Begmatov bir ovozdan saylandi.

Shundan so‘ng deputatlar tomonidan sessiya kun tartibi ma’qullandi. Sessiyada 4 ta masala ko‘rib chiqildi.

Kun tartibidagi birinchi masala, tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi boshlig‘i X.Maxsiddinovning chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, hududlarda ekologik holatni yaxshilash hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha 2022-yilda tumanda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar to‘g‘risidagi hisoboti tinglandi. Kengash a’zolari tomonidan aholidan chiqindilarni   yig‘ib olish bo‘yicha shartnomalar qanday tartibda amalga oshirilayotgani haqida ma’lumot berish so‘raldi. Hisobot beruvchi mahalla tomonidan umumiy shartnoma qilish orqali amalga oshirilayotgani haqida gapirdi.

Kun tartibidagi ikkinchi masala, tuman hokimining o‘rinbosari A.Qo‘ldashovning tumanda yoshlar muammolarini o‘rganish, ularni hal etilishiga ko‘maklashish, yosh avlodning iste’dodi va qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha sharoitlar yaratish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti muhokama qilindi. Yoshlarga yer berish masalasida batafsil gapirib berish taklifi berildi.

Shundan so‘ng navbatdagi uchinchi masala, tuman mahalliy budjetining daromadlarni oshirib bajarilgan qismi hisobidan shakllangan qo‘shimcha manbalarni “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasidan” jamoatchilik fikri asosida yo‘naltirish bo‘yicha tuman Moliya bo‘limi mudiri U.Arnaqulovning taklifi ma’qullandi.

Kun tartibidagi to‘rtinchi masala, sektor rahbarlarining taklifiga asosan “Temir daftar”dan chiqarish to‘g‘risida muhokama qilindi va ma’qullandi.

 

2015-2024 © GOVERNMENT OF PAKHTACHI DISTRICT. Maked by: SAKTRM