insurez
16-03-2024 10:51


SAMARQAND VILOYATI PAXTACHI TUMANI

І. 2024 yil I yarim yillik natijalari.

  1. Sanoat mahsulotlari         ishlab chiqarish hajmi 579,4 mlrd so‘mni tashkil etdi (o‘sish -108,5 foiz).

Jumladan asosiy turdagi mahsulotlar kesimida.

-Tuqimachilik 467,6  mlrd so‘m

-Oziq-ovqat 91,6  mlrd so‘m

-Metalurgiya 0,9 mlrd so‘m

-Qurilish materiallari 4,6  mlrd so‘m

-Boshqalar 14,6  mlrd so‘m

Sanoat mahsulotlarini hajmini oshirish bo‘yicha tumanda faoliyat olib borayotgan “Paxtachi rodnik yog‘” MChJning faoliyati kengaytirildi hamda qo‘shimcha margarin ishlab chiqrish loyihasi ishga tushurildi.

  1. Investitsiya dasturiga asosan hududiy loyihalar doirasida

14,3 mln dollar         xorijiy          investitsiyalar           (o‘sish 204,2 foiz)

o‘zlashtirildi.

Shundan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar 14,3 mln dollar (204,2 foiz).

Shuningdek, 10  ta loyiha ishga tushirildi va 128 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. (“Madina savdo belgisi” xususiy korxonasi tomonidan qiymati 28,2 mlrd so‘mlik gips kukini ishlab chiqarish loyihasi 40 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.)

  1. Eksport hajmi 6,6  mln dollarni tashkil etdi (o‘sish —

127 foiz). (Sanoat va meva-sabzavot mahsulotlari, hajmi oshgan

sanoat mahsulotlari misollari)

  1. Soliq tushumlari 86,9 milliard so‘mni tashkil etib, belgilangan reja 108 foizga bajarildi (tushumlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 127 foizga oshdi).
  2. Jami 11,9 ming (6 oylik rejaga nisbatan 144,0 foiz) aholi daromadli mehnat bilan ta’minlandi.

Shundan,  investitsiya  loyihalarini ishga tushirish orqali 60 ta, xizmat ko‘rsatish va tadbirkorlik sohasida  5,2  ming, qishloq xo‘jaligida 6,0 ming, qurilish sohasida 624 nafar aholi bandligi ta’minlandi.

10,1 ming nafar aholi tadbirkorlikka jalb qilindi (rejaga nisbatan 151 foiz).

Shundan, o‘zini o‘zi band qilish hisobiga 8,2 ming, yangi korxonalar tashkil etish orqali 0,6 ming, dehqon xo‘jaliklari hisobiga 1,2 ming aholi o‘z biznesini boshladi.

II. 2024 yil II yarim yillikda amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar.

1. Yil yakuniga qadar sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 108,6 foizga oshirish orqali 1,1 trln co‘mra yetkaziladi.

Jumladan asosiy turdagi mahsulotlar kesimida.

-Tuqimachilik 816,6  mlrd so‘m

-Oziq-ovqat 184,2 mlrd so‘m

-Metalurgiya 1,6 mlrd so‘m

-Mashinasozlik 0,1 mlrd so‘m

-Qurilish materiallari 14,0 mlrd so‘m

-Boshqalar 40,8  mlrd so‘m

Sanoat mahsulotlarini hajmini oshirish bo‘yicha tumanda faoliyat olib borayotgan “Alisher poliz ekinlari” F/Xning qiymati 21,5 mlrd so‘m bo‘lgan gips kukini ishlab chiqarish loyihasi, “Jashidjon unversal savdo” MChJning qiymati 3 mln dollarlik DSP ishlab chiqarish loyihalarini ishga tushirish hisobiga.

2. Investitsiya dasturiga asosan hududiy loyihalar doirasida yil yakuniga qadar 18,1 mln dollar xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilishini ta’minlash (o‘sish 100,0 foiz). Jumladan:

to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar 18,1 mln dollar (shundan, III chorakda 3,3 mln dollar, IV chorakda 0,5 mln dollar);

Shuningdek, 27  ta loyiha ishga tushiriladi va 2307  ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi. (misollar, bunda loyiha nomi, yaratilgan quvvat va ish o‘rni ko‘rsatiladi)

  1. 2024 yil yakuniga 20,3 mln dollar eksportni ta’minlash (o‘sish 213,6 foiz).

Jumladan, III chorakda 6,4 mln dollar, IV chorakda 7,3 mln dollar eksportni ta’minlash (asosiy sanoat mahsulotlari hajmidan)

  1. Yil yakuniga byudjetga jami 148,9 milliard co‘m soliq tushumlari ta’minlash.
  2. Kambag‘allikka tushish xavfi mavjud 15,8  ming aholi daromadini oshirish, 3,6  ming kambag‘al oilalarni manzilli qo‘llab-quvvatlash orqali kambag‘allik darajasi 10,5 foizdan
    6,9 foizgacha tushiriladi.

Yil yakuniga 22,6 ming aholi bandligi ta’minlanadi, 13,5 ming ishsiz fuqarolar doimiy ishga joylashtiriladi, 9,1 ming aholi jamoat ishlariga jalb qilinadi.

 

Teglar
Insurance Policy