insurez
16-03-2024 10:51


“Paxtachi” gazetasi tarixini bilasizmi?

“Paxtachi” gazetasining dastlabki soni 1935 yil “Uchqun” nomi bilan lotin alifbosida chop etilgan. 

Gazetaga o’sha vaqtda Samarqand viloyati narpay tumanidan journalist Norqul Tolipov muharrirlik qilgan. “Uchqun” gazetasiga Xolchuchuk Mullajonova, Hamdam Junaidov, Soli Xo’jaev, Qudrat Mizamov, Ahmad Eshmurodov, Ismoil Ibrohimovlar muharrirlik qilishgan.

1963-1973 yillarda “Paxtakor” (Paxtachi tumani 1963 yilgacha “Paxtakor” nomi bilan yuritilgan) Narpay tumani bilan birlashgach “Uchqun” gazetasi “Qizil Norpoy” gazetasi bilan birlashib, “Paxtakor ovozi” nomi bilan chiqa boshlagan. 

1973 yil Paxtachi tumani qayta tashkil etilgach, “Paxtachi” gazetasi nashr etila boshlangan. Obla Umarov, Fayzulla O‘roqov, Baxriddin Shamsiyev, Umr Elmurodov, qodir Shokirov, Tog’aymurod Qiyomov, Bekmurod Safarov, Farmon Toshev, Mirtemir Norboboyev, Jo’raqul Narzullayev, Ismat Hasanov, Baxtiyor Qurbonov, Izzatulla Norquvvatov, Usmon Halilov, Olim Xo’jayevlar gazetani vaqtida yuksak saviyada chiqarilishida samarali mehnat qildilar.

O’tgan davr maboynida o’nlab qalamkashlar, “Paxtachi” ijod maktabida tajriba ortirib viloyat, respublikamizda taniqli jurnalistlar bo’lib yetishdilar. Ular orasida Samarqand viloyat “Zarafshon” gazetasi bosh muharriri Farmon Toshev va iqtidorli ijodkorlar Oybuvi Ochilova, Binafsha Qalandarova, Oydinniso Yo’ldasheva, Laziz Bahramov va Inoyat Muhammadiyevlar borligidan faxirlanamiz.

Teglar
Insurance Policy