Yosh avlodni kitobxonlikka undash, mutolaa madaniyatini oshirish maqsadida tumanimiz o’quv maskanlarida “Bir farzandga uch kitob” aksiyasi o’tkazilib kelinmoqda.
Yaqinda ana shunday tadbir 17-umumiy o’rta ta’lim maktabida bo’lib o’tdi. Maktab jamoasi va ota-onalar tashabbusi bilan o’tkazilgan ushbu aksiyada kutubxonaga 5 million 765 ming so’mlik 451 dona kitoblar sovg’a qilindi.
Ushbu tadbirda faol qatnashgan 8- “A” sinf o’quvchilarining ota-onalari farzandlariga eng ko’p – 479 ming so’mlik kitob sotib olib berishdi. Ikkinchi o’rin maktab kutubxonasi uchun 446 ming so’mlik kitob sotib olgan 4- “A” sinfga nasib etdi. Shu sinflar rahbarlari va o’quvchilariga maktab ma’muriyati tomonidan esdalik sovg’alari berildi.
Ushbu aksiyani tashkil etishda maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari Z.Salimova hamda yoshlar yetakchisi O.Shomurodov faollik ko’rsatishdi. Maktab jamoasi va ota-onalar ushbu aksiyani aprel oyining oxirigacha davom ettirishga kelishib oldilar.