Paxtachi tumanning “Barhayot Q.Rajabov” nomli MMTP hududida joylashgan “Mahorat ishtiyoq ezgulik” fermer xo‘jaligi tomonidan 46.4 gektar yer maydonida paxta yetishtirilgan bo‘lib, paxta topshirish yuzasidan tuzilgan kontraktasiya rejasini oshig‘i bilan uddalandi.
Tajribali fermer boshchiligidagi xo‘jalik a’zolari qisqa muddatlarda qabul maskanlariga 147.7 tonna o‘rniga 152 tonna sifatli paxta xom ashyosini topshirdilar.
Birinchi terimdanoq rejani 103 foizga bajardi.
Fermer xo‘jaligi paxta maydonlarida yig‘im-terim ishlari qizg‘in davom etmoqda.