Joriy yilning 14 iyun kuni tumandagi 25-son Bolalar musiqa va san’at maktabida maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilari o’rtasida “Kitobxon bolajon” ko’rik-tanlovi bo’lib o’tdi.
Ushbu ko’rik-tanlovda tumandagi barcha MТM tarbiyalanuvchilari orasidan saralab olingan bolajonlar ishtirok etishdi.
Yosh bo’lishiga qaramasdan tanlovda o’zining yuksak ma’naviyati va o’tkir zehni bilan ajralib turgan 1-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchisi Тo’xtasinova Amina faxrli 1-o’rinni egalladi hamda faxriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi. Bolajonlarni hozirdanoq bilimli va zukko bo’lishi uchun mehnat qilayotgan MТM tarbiyachilari ham tashkilotchilar tomonidan e’tirof etib o’tildi.