Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilari o’rtasida “Kitobxon bolajon” ko’rik-tanlovi bo’lib o’tdi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Joriy yilning 14 iyun kuni tumandagi 25-son Bolalar musiqa va san’at maktabida maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilari o’rtasida “Kitobxon bolajon” ko’rik-tanlovi bo’lib o’tdi.

Ushbu ko’rik-tanlovda tumandagi barcha MТM tarbiyalanuvchilari orasidan saralab olingan bolajonlar ishtirok etishdi.

Yosh bo’lishiga qaramasdan tanlovda o’zining yuksak ma’naviyati va o’tkir zehni bilan ajralib turgan 1-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchisi Тo’xtasinova Amina faxrli 1-o’rinni egalladi hamda faxriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi. Bolajonlarni hozirdanoq bilimli va zukko bo’lishi uchun mehnat qilayotgan MТM tarbiyachilari ham tashkilotchilar tomonidan e’tirof etib o’tildi.

2015-2024 © GOVERNMENT OF PAKHTACHI DISTRICT. Maked by: SAKTRM