1 aprel - Xalqaro qushlar kuni

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Butun dunyo aholisi 1 aprel - Xalqaro qushlar kunini nishonlaydi. 1894 yildan ilk bora Amerika Qo‘shma Shtatlarda, keyinchalik ommabop bo‘lib boshqa shtatlarda va ommaviy axborot vositalari sababli Yevropada ham o‘tkazila boshlandi. Jahonda qushlarni himoya qilish maqsadida 1906 yil 1- aprelda qushlarni muhofaza qilish bo'yicha xalqaro konvensiya imzolangan bu dunyo miqiyosida qabul qilingan dastlabki ekologik hujjatlardan biri hisoblanadi. O‘zbekiston faunasida qushlarning 19 turkumga oid 440 dan ko‘proq turi ma’lum. Yashash joyiga binoan qushlarni bir necha yirik ekologik guruhlar, o‘rmon qushlari, cho‘l va dasht qushlari, suv havzalari (suvda suzuvchi) qushlar,  botqoq va sohil qushlariga; ular hayotining yil fasllari bo‘yicha o‘zgarishiga binoan uchib ketuvchi, ko‘chib yuruvchi va o‘troq qushlarga bo‘linadi.

Paxtachi tumanida ham 1-aprel xalqaro qushlar kuni munosabati bilan 13-umum taʼlim maktabida ham tadbir oʻtkazildi. "Qushlarni asraylik" mavzusida bo'lib o'tga tadbirda "Eng yaxshi innovatsion qush uyasi" loyihasi ham o'tkazildi. Munosib ishtirok etganlar va tashkilotchilat tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo'limi tomonidan taqdirlandilar.

2015-2024 © GOVERNMENT OF PAKHTACHI DISTRICT. Maked by: SAKTRM