“Yilning eng yaxshi fan o’qituvchisi-2019” ko’rik-tanlovi respublika bosqichi ishtirokchisi Paxtachi tumani ХТB ga qarashli 33-umumta’lim maktabi fizika fani o’qituvchisi Sherxolov Qo’chqor Хusanovich ko’rik-tanlovning respublika bosqichida faxrli ikkinchi o’rinni qo’lga kiritdi.
Ustozga sog’lik-salomatlik, kelgusidagi ishlarida ulkan zafarlar tilaymiz!