Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining 91 - sessiyasi

2023-yilning 26-iyul kuni tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining navbatdagi to‘qson birinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiyaga 30 nafar Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlaridan 22 nafari ishtirok etishdi. Uzrli sabablarga koʻra 8 nafar deputat qatnashmadi.

Sessiyaga ommaviy axborot vositalari va hisobot beruvchilar ishtirok etdilar.

Sessiyani Kengash kotibiyat mudiri R.Magripova ochib berdi. Sessiya avvalida sessiya kotibi saylab olindi. Sessiya kotibi etib 6-Sardoba saylov okrugidan saylangan deputat Egamberdiyev Berdilla Ismoilovich bir ovozdan saylandi.

Shundan soʻng deputatlar tomonidan sessiya kun tartibi maʼqullandi. Sessiyada 11 ta masala koʻrib chiqildi.

Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan Tuman prokuraturasining 2023-yilning 1-yarim yilligi yakuni bo‘yicha qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyati to‘g‘risida axboroti tuman prokurori Abdurahmonov G‘olib G‘ulomovich tomonidan ma’ruza qilindi.

Navbatdagi masala bo’yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri A.Haqnazarovning jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqilish holati to‘g‘risidagi axboroti eshitildi va deputatlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berildi.

Kun tartibidagi uchinchi masala Tumandagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo‘llash amaliyotining holati to‘g‘risida tuman Adliya bo‘limi bosh maslahatchisi Aliyev Sardorbek Akmaljon o‘g‘lining axboroti muhokama qilinib tasdiqlandi.

Navbatdagi to‘rtinchi masala Tuman Ichki Ishlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari - Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i podpolkovnik Axmedov Vaxob Oydinovochning tuman hududida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish va jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida 2023-yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti Ichki Ishlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari Axmedov Vaxob Oydinovoch tomonidan eshitildi va qaror loyihasi ham muhokama qilinib tasdiqlandi.

Kun tartibidagi beshinchi masala boʻyicha Tuman mahalliy budjetining 2023-yil 1-chorak davomida daromadlar prognoz rejasidan ortig‘i bilan bajarilgan qismi hisobidagi mablag‘laridan samarali foydalanish hamda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan mablag‘larni ajratish to‘g‘risida hisoboti eshitildi va deputatlar tomonidan tasdiqlandi.

Navbatdagi masala bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-57-son qaroriga asosan tumanda tabiiy gaz hamda elektr energiyasini tejash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimining o‘rinbosari Musirmanov Shuxrat Jo‘rayevich ma’ruza qildi. Musirmanov Shuxrat Jo‘rayevichning bergan taklifi deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.

Kun tartibidagi yettinchi masala bo‘yicha 2023-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, ayniqsa, ijtimoiy soha obyektlarida amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida tuman hokimining o‘rinbosari Musirmanov Shuxrat Jo‘rayevich ma’ruza qildi.

Kun tartibidagi sakkizinchi masala boʻyicha Tumanda yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi boshligʻi Azizov Bobur Sobirovichning hisoboti eshitildi va deputatlar tomonidan tasdiqlandi.

Navbatdagi masala bo‘yicha Tabiiy gaz ta’minoti va chekka hududlarga suyultirilgan gaz yetkazib berish borasidagi ishlar to‘g‘risida tuman Gaz taʼminoti boʻlimi boshligʻi Ismoilov Erkin Axmedovichning hisoboti eshitildi va deputatlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berildi.

Kun tartibidagi o‘ninchi masala bo‘yicha Tuman mahalliy budjetining 2023-yil 2-chorak davomida daromadlar prognoz rejasidan ortig‘i bilan bajarilgan qismi hisobidagi mablag‘laridan samarali foydalanish hamda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan mablag‘larni ajratish to‘g‘risida tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi mudiri v.v.b S.Boyqobilovning taklifi eshitildi va deputatlar tomonidan tasdiqlandi.

Sessiya yakunida o‘n birinchi masala bo‘yicha Soliq turlari va sohalar kesimida qo‘shimcha manbalar topish va budjetga tushirish hamda soliq yig‘uvchanlik qamrovini oshirish borasida 2023-yil 2-chorak yakunlari bo‘yicha qilingan ishlar yuzasidan tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi A.Turgʻunovning hisoboti ma’ruza qildi. A.Turgʻunovning bergan taklifi deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.

 

2015-2023 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM