Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining oltinchi chaqiriq sakson sakkizinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi

 

2023-yilning 26-may kuni tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining navbatdagi sakson sakkizinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiyaga 30 nafar Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlaridan 24 nafari ishtirok etishdi. Uzrli sabablarga koʻra 6 nafar deputat qatnashmadi.

Sessiyaga ommaviy axborot vositalari va hisobot beruvchilar ishtirok etdilar.

Sessiyani Kengash kotibiyat mudiri R.Magripova ochib berdi. Sessiya avvalida sessiya kotibi saylab olindi. Sessiya kotibi etib 18-Mirzo Ulug‘bek saylov okrugidan saylangan deputat Asrorov Anvar bir ovozdan saylandi.

Shundan soʻng deputatlar tomonidan sessiya kun tartibi maʼqullandi. Sessiyada 11 ta masala koʻrib chiqildi.

Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 7-Samarqand okrug saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlar tavsiya etish to‘g‘risidagi tayyorlangan sessiya qarori tasdiqlandi.

Navbatdagi masala bo’yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-408-sonli qaroriga muvofiq mahalla infratuzilmasini rivojlantirish Dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan sektor rahbarlarining hisobotini eshitish bilan davom etdi. Sektor rahbarlari o‘z hududlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma’ruza qilishdi va deputatlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berishdi.

Kun tartibidagi uchinchi masala bo’yicha tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari - Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i podpolkovnik Axmedov Vaxob Oydinovichning tuman hududida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida 2023-yilning 3 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti muhokama qilindi.

Navbatdagi masala bo’yicha “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Arnaqulov Usmon Shukurullayevich ma’ruza qildi. Arnaqulov Usmon Shukurullayevichning bergan taklifi deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.

Kun tartibidagi beshinchi masala boʻyicha tuman hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari A.Quldashovning tumandagi qizil (og‘ir) toifadagi yoshlar bilan ishlash to‘g‘risidagi hisobotini eshitish bilan davom etdi.

Navbatdagi masala bo‘yicha Xalq deputatlari tuman Kengashining 2023-yil 10-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 145-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 4-bosqich “Ayollar daftari”ga tumandagi ijtimoiy himoyaga muhtoj 4155 nafar xotin-qizlarni kiritish va yoʻl xaritasini tasdiqlash masalasi yuzasidan tuman hokimining oʻrinbosari - oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi I.Juraqulovaning taklifi to‘g‘risida”gi VI-82-29-7-102-K/23-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi taklifi muhokama qilinib tasdiqlandi.

Kun tartibidagi yettinchi masala bo‘yicha Tuman hokimining o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i I.Juraqulovaning hisoboti muhokama qilindi.

Navbatdagi masala bo‘yicha tuman hokimining 2023-yil 2-maydagi “Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida”gi 106-7-102-Q/23-son qarorini tasdiqlash to‘g‘risidagi tayyorlangan sessiya qarori loyihasi tasdiqlandi.

Kun tartibidagi to‘qqizinchi masala bo‘yicha tuman hokimining 2023-yil 10-maydagi “Xodimni boshqa ishga o‘tkazish to‘g‘risida”gi 117-7-102-Q/23-son qarorini tasdiqlash to‘g‘risidagi tayyorlangan sessiya qarori loyihasi tasdiqlandi.

Navbatdagi masala bo‘yicha Ochilov Behro‘z Ikromjonovichni Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi qaror loyihasi tasdiqlandi.

Kun tartibidagi o‘n birinchi masala bo‘yicha Safarova Sevil Nematillayevna tug‘ruq ta’tilidan qaytguncha, Abdusamadova Kamola Azamatovnaning Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi vazifasiga vaqtincha tayinlash to‘g‘risidagi tayyorlangan sessiya qarori loyihasi tasdiqlandi.

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM