Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining oltinchi chaqiriq sakson yettinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi

 

2023-yilning 8-may kuni tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining navbatdagi sakson yettinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.

 Sessiyaga 30 nafar Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlaridan 26 nafari ishtirok etishdi. Uzrli sabablarga koʻra 4 nafar deputat qatnashmadi.

Sessiyaga ommaviy axborot vositalari va hisobot beruvchilar ishtirok etdilar.

Sessiyani Kengash raisi M.Xamdamov ochib berdi. Sessiya avvalida sessiya kotibi saylab olindi. Sessiya kotibi etib 12-Obodon saylov okrugidan saylangan deputat Qurbonov Jasur bir ovozdan saylandi.

Shundan soʻng deputatlar tomonidan sessiya kun tartibi maʼqullandi. Sessiyada 6 ta masala koʻrib chiqildi.

   Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, hududlarda aholining muammolarini bartaraf etish boʻyicha tuman hokimining hisoboti eshitildi.

Navbatdagi masala bo’yicha Paxtachi tumani aholisi va ijtimoiy soha obyektlarini 2023-yilda energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash toʻgʻrisida tuman hokimi oʻrinbosari Sh.Musurmonovning amalga oshirilayotgan ishlari yuzasidan hisobotlarini eshitish bilan davom etdi. Tumanda 2023 yilda elektr energiyasi va tabiiy gazni iqtisod qilish, kuz-qish mavsumi uchun elektr uzatish tarmoqlarini mukammal ta’mirlash iijtimoiy soha ob’yektlarini tabiiy gazdan ko‘mir yoqilg‘isiga o‘tkazish rejasi to’g’risidagi taklifini muhokama qilish bilan davom etdi.

Kun tartibidagi uchinchi masala bo’yicha tumanda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-apreldagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar ajratishni takomillashtirish hamda aholining doimiy daromad manbalarini koʻpaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 161-sonli qarori tuman hokimining birinchi oʻrinbosarini-“Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazlari rahbarlarining dasturlar ijrosini, shu jumladan, ajratilgan kreditlar samaradorligini taʼminlash” borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisidagi taklifi muhokama qilish bilan davom etdi.

Navbatdagi masala bo’yicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini aholiga yaqinlashtirish va tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 25-apreldagi PQ-215 sonli qarorining 8-bandini tumandagi ijrosini taʼminlash boʻyicha tumanda 2023-yil 1-choragi mobaynida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman Tibbiyot birlashmasi boshligʻi (U.Suvanov) ma’ruza qildi.

Kun tartibidagi beshinchi masala boʻlgan tumandagi uchta oilani “Temir daftar”ga kiritish toʻgʻrisida tuman hokimining oʻrinbosari B. Ergashev taklifi tinglandi va bir ovozdan tasdiqlandi.Sessiya yakunida “saxovat va koʻmak “jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ijtimoiy ogʻir ahvoldagi fuqarolarga mablagʻ ajratish to’g’risidagi taklifi eshitildi, muhokama qilindi va tasdiqlandi.

2015-2023 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM