Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining oltinchi chaqiriq sakson oltinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi

 

2023-yilning 27-aprel kuni tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining navbatdagi sakson oltinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.

 Sessiyaga 30 nafar Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlaridan 25 nafari ishtirok etishdi. Uzrli sabablarga koʻra 5 nafar deputat qatnashmadi.

Sessiyaga ommaviy axborot vositalari va hisobot beruvchilar ishtirok etdilar.

Sessiyani Kengash raisi M.Xamdamov ochib berdi. Sessiya avvalida sessiya kotibi saylab olindi. Sessiya kotibi etib 25-Xumor saylov okrugidan saylangan deputat G’affarova Sobira bir ovozdan saylandi.

Shundan soʻng deputatlar tomonidan sessiya kun tartibi maʼqullandi. Sessiyada 8 ta masala koʻrib chiqildi.

Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan tumanda Xalq deputatlari tuman Kengashining Reglament va deputatlik odobi masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi I.Sanayevning xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan yoʻllangan deputat soʻrovlari va ularning natijalari toʻgʻrisidagi axboroti eshitildi va deputatlar tomonidan muhokama qilindi.

Navbatdagi masala bo’yicha tuman mahalliy budjetining 2023-yil I chorak davomida daromadlar prognoz rejasidan ortig‘i bilan bajarilgan qismi hisobidagi mablag‘lardan samarali foydalanish hamda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar to'g'risida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari V.Hakimovning taklifi borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilish bilan davom ettirildi.

Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan tumanda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 5-maydagi “Tez tibbiy va shoshilinch yordam xizmati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishining 38-sonli bayoni ijrosini taʻminlash boʻyicha tuman Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i U.Suvanov ma’ruza qildi.

Navbatdagi masala bo’yicha tumanda 2023-yil I-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri A.Xaqnazarovning axboroti eshitildi.

 Kun tartibidagi beshinchi masala bo’yicha tumanda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6061-sonli hamda 2021-yil 8-iyundagi “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, erga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonlari ijrosini ta’minlash maqsadida 2023-yil I-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya Vazirligi huzuridagi kadastr agentligining Samarqand viloyat boshqarmasi Paxtachi tuman boʻlimi boshligʻi A.Qoxorovning hisobotini eshitib muhokama qilindi.

 Navbatdagi masala bo’yicha tumanda tuman Yo‘llardan foydalanish Unitar korxonasi rahbari N.Eshonqulovning 2023-yil I-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti ma’ruza qilindi.

 Kun tartibidagi yettinchi masala bo’yicha 2023-yil tumanda investitsiyalarni jalb qilish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha tuman hokimining o‘rinbosari, Investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i B.Ergashevning hisobotini eshitib muhokama qilindi.

“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga asosan xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi arizasini inobatga olib, xalq deputatlari tuman Kengashining oltinchi chaqiriq, 86-sessiyasiga asosan.

Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi - Qayumova Gavxar Akramovna 2023-yil 1-may kunidan egallab turgan vazifasidan ozod etilsin hamda u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinishi tasdiqlandi.

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM