2023 yilning 26-aprel kuni tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining navbatdagi sakson to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyaga 30 nafar Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlaridan 29 nafari ishtirok etishdi. Uzrli sabablarga ko‘ra 1 nafar deputat qatnashmadi.
Sessiyaga ommaviy axborot vositalari va hisobot beruvchilar ishtirok etdilar.
Sessiyani Kengash raisi M.Xamdamov ochib berdi. Sessiya avvalida sessiya kotibi saylab olindi. Sessiya kotibi etib 18- Mirzo Ulug‘bek saylov okrugidan saylangan deputat Asrorov Anvar Botir o‘g‘li bir ovozdan saylandi.
Shundan so‘ng deputatlar tomonidan sessiya kun tartibi ma’qullandi. Sessiyada 8 ta masala ko‘rib chiqildi.
Sessiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri A.Xaqnazarovning jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqilish holati to‘g‘risidagi axborotini muhokam qilish bilan boshlandi.
Kun tartibidagi navbatdagi masala 2023 yil tumanda yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i v.b. B.Azizovning hisobotini eshitish va muhokama qilishdan iborat edi. Ma’ruzachiga jamoatchilik ishlarini tashkil etish tartibini tushuntirib berish so‘raldi.
Shundan so‘ng tuman saylov komissiyasi raisi A.Nosirovning xalq deputatlari tuman Kengashi deputatligiga bo‘shab qolgan o‘ringa 2023 yil 12 mart kuni o‘tkazilgan saylov natijasi to‘g‘risidagi axboroti eshitildi va tasdiqlandi.
Sessiya o‘z ishini tumanda maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan 2022 yil davomida amalga oshirilgan hamda 2023 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlari to‘g‘risida tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri Sh.Qodirovaning hisobotini muhokama qilish bilan davom etdi.
Kun tartibidagi beshinchi masala 2023 yilda tumandagi umumta’lim maktablarida ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri A.Nosirovning hisoboti muhokama qilindi va tasdiqlandi.
Sessiyada Jurakulova Ibodat Isomidinovnani Paxtachi tumani hokimining o‘rinbosari –oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlash to‘g‘risida qaror loyihasi tasdiqlandi.
Navbatdagi masala «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi taklif bir ovozdan tasdiqlandi.
Sessiya yakunida Referendum o‘tkazuvchi uchastkalar komissiyasi a’zoligiga nomzodlar tavsiya etish to‘g‘risidagi qaror loyihalar ko‘rib chiqildi va tasdiqlandi.