Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining oltinchi chaqiriq sakson ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

 

2023 yilning 24-fevral kuni tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining navbatdagi sakson ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyaga 29 nafar Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlaridan 26 nafari ishtirok etishdi. Uzrli sabablarga ko‘ra 3 nafar deputat qatnashmadi.

Sessiyaga ommaviy axborot vositalari va hisobot beruvchilar ishtirok etdilar.

Sessiyani Kengash raisi M.Xamdamov ochib berdi. Sessiya avvalida sessiya kotibi saylab olindi. Sessiya kotibi etib 26- Dabusqal’a saylov okrugidan saylangan deputat Ergashev Xamidulla Toyirovich bir ovozdan saylandi.

Shundan so‘ng deputatlar tomonidan sessiya kun tartibi ma’qullandi. Sessiyada 10 ta masala ko‘rib chiqildi.

Kun tartibidagi birinchi masala Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining 2022 yil 14 dekabrdagi “Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining “Davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021 yil 25 dekabrdagi qarorining ijrosi to‘g‘risida”gi VI-76-228-7-102-K/22-sonli qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida tuman hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.G‘apporovning hisoboti eshitildi va muhokama qilindi

Kun tartibidagi ikkinchi masala tumandagi 8 ta oilani “Temir daftar”ga kiritish to‘g‘risida taklif berildi. Taklif deputatlar tomonidan muhokama qilindi va qaror loyihasi tasdiqlandi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 1 martdagi PF-81-sonli Farmonining tumandagi ijrosini ta’minlash bo‘yicha tumanda 2022 yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari–oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i I.Jurakulovaning hisoboti muhokama qilindi.

Sessiya tumanda 2022 yil davomida soliq tushumlarining o‘z vaqtida undirilishi, unga oid prognoz ko‘rsatgichlarining bajarilishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i A.Turg‘unovning hisobotini eshitish bilan davom etdi.

Beshinchi masala yuzasidan 2023 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar hamda qishloq xo‘jaligida suvni tejovchi texnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish yuzasidan tuman irrigatsiya bo‘limi boshlig‘i F.Nomozov hisobot berdi.

Kun tartibidagi navbatdagi masala 2022 yil davomida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va huquqbuzarlikka qarshi kurashish ularning profilaktik holati yuzasidan tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari V.Axmedovning hisobotini muhokama qilindi. Ma’ruzachiga tabiiy boyliklarni talon-taroj qilayotganlarni oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan hisobot berish so‘raldi.

2022 yil davomida sanitariya-epidimiologik osoyishtalik va jamoat salomatligini saqlash markazi tomonidan yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish samaradorligini oshirish, aholi orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish borasida olib borilgan ishlar yuzasidan tuman sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi tuman bo‘limi boshlig‘i M.Rasulovning hisoboti.

Sessiyada Xalq deputatlari tuman Kengashining Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Chorshaevning hisoboti eshitildi.

So‘ngra “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi taklif o‘rganildi va muhokama qilindi. 

Sessiya O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 31 martdagi «Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 145-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 4-bosqich «Ayollar daftari»ga tumandagi ijtimoiy himoyaga muhtoj 4155 nafar xotin-qizlarni kiritish va yo‘l xaritasini tasdiqlash masalasi yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i I.Jurakulovaning taklifi ko‘rib chiqish orqali yakunlandi.

 

 

 

2015-2023 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM