2023 yilning 9-fevral kuni tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining navbatdagi sakson birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyaga 29 nafar Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlaridan 25 nafari ishtirok etishdi. Uzrli sabablarga ko‘ra 4 nafar deputat qatnashmadi.
Sessiyaga ommaviy axborot vositalari va hisobot beruvchilar ishtirok etdilar.
Sessiyani Kengash raisi M.Xamdamov ochib berdi. Sessiya avvalida sessiya kotibi saylab olindi. Sessiya kotibi etib
8-Go‘ro‘g‘li saylov okrugidan saylangan deputat Norbo‘taev Kamoliddin Odilovich bir ovozdan saylandi.
Shundan so‘ng deputatlar tomonidan sessiya kun tartibi ma’qullandi. Sessiyada 5 ta masala ko‘rib chiqildi.
Sessiya tumandagi 2 ta oilani “Temir daftar”ga kiritishni tasdiqlash bilan boshlandi.
Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan ya’ni “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari V.Hakimovning taklifi muhokama qilindi va bir ovozdan tasdiqlandi.
Kun tartibidagi uchinchi masala tuman mahalliy byudjetining 2023-yil 1-yanvar holatiga saqlangan erkin qoldiq mablag‘laridan samarali foydalanish hamda ayrim tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan mablag‘larni ajratish to‘g‘risidagi qaror loyihasini tasdiqlash bilan davom etdi.
Sessiya tuman mahalliy byudjetining 2022-yil xarajatlarini maqbullashtirish to‘g‘risidagi qaror loyihasini tasdiqlash bilan davom etdi.
Kun tartibidagi to‘rtinchi masala Paxtachi tumanining 2023-2024-yillarda yanada rivojlantirish, qo‘shimcha zaxiralarni safarbar etgan holda barqaror o‘sishga erishish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash to‘g‘risida masala muhokama qilindi va tasdiqlandi.
Sessiya yakunida tumanda faoliyat ko‘rsatayotgan sudlar tomonidan 2022-yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobot tinglandi.