Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining oltinchi chaqiriq yetmish to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

 

2023 yilning 12 yanvar kuni tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining navbatdagi yetmish to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

 Sessiyaga 29 nafar Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlaridan 26 nafari ishtirok etishdi. Uzrli sabablarga ko‘ra 3 nafar deputat qatnashmadi.

Sessiyaga ommaviy axborot vositalari va hisobot beruvchilar ishtirok etdilar.

Sessiyani Kengash raisi M.Xamdamov ochib berdi. Sessiya avvalida sessiya kotibi saylab olindi. Sessiya kotibi etib 12- Obodon saylov okrugidan saylangan deputat Qurbonov Jasur Kamolovich bir ovozdan saylandi.

Shundan so‘ng deputatlar tomonidan sessiya kun tartibi ma’qullandi. Sessiyada 5 ta masala ko‘rib chiqildi.

Sessiya Xalq deputatlari tuman Kengashiga saylov o‘tkazuvchi tuman saylov komissiyasi tarkibini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qaror loyihasini tasdiqlash bilan boshlandi.

Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan 2022-yil davomida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida tuman prokurori adliya maslahatchisi G‘.Abdurahmonovning axboroti tinglandi va muhokama etildi.

Sessiya kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan tuman ichimlik suvi ta’minotining bugungi holati va amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha “Samarqand suv ta’minoti” MChJ Paxtachi tumani filiali rahbari F.Berdiyarovning hisobotini eshitish bilan davom etdi.

So‘ngra kun tartibidagi to‘rtinchi masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri A.Xaqnazarovning 2022-yil davomida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida axboroti eshitildi.

Sessiya yakunida Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisini bola parvarishidan qaytishi to‘g‘risida qarorni loyihasi tasdiqlandi.

2015-2023 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM