Matbuot anjumani: Kompleks tarkibidagi sohalar bo`yicha 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar, 2023-yildagi vazifalar haqida

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Tibbiyot sohasida: Paxtachi tuman tibbiyot birlashmasi tizimidagi davolash-profilaktika muassasalarida joriy yilning oʻtgan 6 oyi mobaynida bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirildi:

-Tuman tibbiyot birlashmasida gemodializ markazi binosi kapital taʼmirlanib foydalanishga topshirildi. Ushbu maqsadda jami 85 mln. soʻm mablagʻ sarflandi. Shundan, 65 mln. soʻm tuman hokimligi tomonidan ajratildi, 20 mln. soʻm tuman tibbiyot birlashmasining moliyaviy manbalari hisobidan qoplandi. Bu esa tumaning 13 nafar oʻta ogʻir dardga chalingan fuqarolarini  roziligiga sabab boʻldi.

-Birlashmaning MSKT xonasi kapital taʼmirlanib, tayyor holga keltirildi. Ushbu maqsadda jami 100 mln. soʻm mablagʻ sarflandi. Shundan, 25.0 mln. soʻm tuman hokimligi tomonidan ajratildi, 75 mln. soʻm tuman tibbiyot birlashmasining moliyaviy manbalari hisobidan qoplandi. Bu esa tumanning 152 ming nafar aholisining roziligiga sabab boʻladi.

-Birlashmaga qarashli tez yordam boʻlimi hamda avtogaraj taʼmirlandi. Ushbu maqsadda jami 50 mln. soʻm mablagʻ sarflandi. Xarajatlar tuman tibbiyot birlashmasining moliyaviy manbalari hisobidan qoplandi.  

-Birlashmaga qarashli Bolalar boʻlimi joriy taʼmirlandi. Ushbu maqsadda jami 55 mln. soʻm mablagʻ sarflandi. Xarajatlar tuman tibbiyot birlashmasining moliyaviy manbalari hisobidan qoplandi.

- Mahalla tibbiy punktlari 12 ta konteynerlar bazasida tashkil qilindi. Ushbu maqsadda jami 200 mln. soʻm mablagʻ sarflandi. Xarajatlar homiylarning moliyaviy manbalari hisobidan qoplandi.

- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-apreldagi “Birlamchi tibbiy sanitariya yordamini aholiga yaqinlashtirish va tibbiyot xizmat samaradorligini oshirish boʻyicha koʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi PQ-215-sonli Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida birlashmaga qarashli T.Kenjayev OSHP oilaviy poliklinikaga aylantirildi;

-birlashmada 72 ta tibbiy brigada shakllantirildi;

-Tumandagi jami 12 ta birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalarida, shu jumladan, 1 ta KTMP, 4 ta oilaviy poliklinika va 7 ta oilaviy shifokorlik punktlarida 130 oʻrindan iborat kunduzgi statsionarlar shakllantirildi;

-birlashmaga qarashli 12 ta BTSYO muassasalarida, shu jumladan, 1 ta KTMP, 4 ta oilaviy poliklinika va 7 ta oilaviy shifokorlik punktlarida “Shifokor oldi koʻrik xonasi” tashkil etilgan;

-yilning birinchi choragida dezokamera toʻliq taʼmirdan chiqarilib hozirgi kunda oʻz faoliyatini boshlagan;

-birlashma hududini koʻkalamzorlashtirish maqsadida 3 dona suv chiqarish moslamasi (skvajina) oʻrnatildi;

-joriy yilning iyun oyida birlashmaning Bolalar boʻlimi birlashma mablagʻlari hisobiga toʻliq joriy taʼmirdan chiqarildi;

-fizioterapiya boʻlimi joriy taʼmirlandi;

-qon qoʻyish boʻlimi binosi taʼmirlandi;

-oshxona binosi fasadi taʼmirlandi;

-tuman KTMP bazasida bolalar boʻlimi tashkil qiindi;

-tuman KTMP filialida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari olib borildi;

-tikuvchilik xonasi tashkil qilindi;

        -5 turdagi fizioterapevtik apparatlar sotib olindi;

        -tumanlararo xushyorxona tashkil qilindi;

        -tuman tibbiyot birlashmasiga 2022-yil 1-iyul holatiga 18 nafar vrachlar ishga qabul qilindi;

-markaziy shifoxonaning oqova tizimini yaʼni tozalash inshooatini yangi modeliga almashtirildi. Ushbu maqsadda 2 mlrd.soʻm mablagʻ sarflandi;

        -markaziy shifoxona binosi liftini yangidan qilish boʻyicha 350 mln. soʻmga shartnoma imzolandi;

-markaziy shifoxona boʻlimlariga raqamli video koʻzatuv kameralarini oʻrnatish uchun 100 mln. soʻmlik loyiha-smeta ishlari yakuniga yetish arafasida;

-Tugʻruq boʻlimini joriy taʼmirlandi;

-Xodimlarni ishga kelib-ketishini elektron nazorati boʻyicha maxsus dastur va uskunalar oʻrnatilib, faoliyati tashkil etildi. Buning uchun 16.5 mln. soʻm pul mablagʻlari sarflandi;

-xodimlar uchun oshxona tashkil qilish ishlari davom etmoqda;

-tez yordam avtomashinalariga GPS tizimi oʻrnatilib, ularni onlayn rejimda koʻzatuvini tashkil qilish uchun dispetcherlik xonasiga katta monitor oʻrnatilib, dasturiy taʼminoti faoliyati yoʻlga qoʻyildi;

-Hakimqul shifokor uyini OSHP ga aylantirish boʻyicha hokim qarori qabul qilindi, taʼmirlash ishlari yakuniga yetkazilish arafasida.

Tibbiyot birlashmasida 2023-yil davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar: Birlashmada joriy yilning keyingi 6 oyida quyidagi ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan:

        -laparoskop apparati sotib olish;

        -Xirurgiya boʻlimini joriy taʼmirlash;

        -Tez yordam boʻlimini joriy taʼmirlash;

        -Reanimatsiya boʻlimini joriy taʼmirlash;

        -Qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazini joriy taʼmirlash;

        -YUKB ni joriy taʼmirlash;

        -Birlashmaga boshqa viloyat va tuman shaharlardan kelib ishlovchi vrachlar uchun tuman hokimligi tomonidan 5 ta xizmat uylarini olib berish;

        -Davlat tibbiy sugʻurtasini tumanda namunali tashkil qilish ishlarini amalga oshirish;

        -Birlashmaning yordamchi xoʻjaligini tashkil qilish;

        -Birlashma boʻlimlarini ichki tezkor aloqa vositalari (ratsiyalar) bilan taʼminlash;

        -MSB ni binosini taʼmirlash;

        Ushbu ishlarni amalga oshirish boʻyicha barcha moliyaviy manbalar aniq, hal etilgan va bosqichma-bosqich amalga oshirilib boriladi.

Maktabgacha taʼlim boʻlimi tomonidan 2022-yil davomida amalga oshirilgan ishlar: 2022-yilning yakuniga qadar 3-7 yoshli bolalar 12 980 nafar tashkil etib shundan, MTTlarida qamrovi 79.9 foizni tashkil etib, shundan 10 370 nafar bolalar maktabgacha taʼlim bilan qamrab olingan boʻlib, Jumladan 39 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida 5 632 nafar, 2 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotida 268 nafar, hamda 168 ta oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotida 4 140 nafar bolalar qamrab olingan.

Tumanimizda 2022-yilning yakuniga “Chorgusha” mahallasida yangidan qurilgan 2-DMTT oʻz faoliyatini boshladi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi “Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 132-sonli qaroriga muvofiq 2022-yil yakuniga qadar maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 27 ta majburiy bir yillik tayyorlash guruh ochildi, 810 nafar 6-7 yoshli bolalarni qamrab olindi.

Bundan tashqari 6 ta oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tashkil etilib 5 ta quvvat oshirish boʻyicha maktabgacha taʼlim vazirligi bilan bitim imzolandi;

- bunda 400 nafar tarbiyalanuvchilarni qamrab olinib, 34 ta ishsizlarni ish bilan taʼminlandi.

Kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish maqsadida tabiiy gaz mavjud boʻlmagan hududlarda joylashgan MTTlariga 207 (ikki yuzi yetti) tonna koʻmir yoqilgʻisi bilan taʼminlandi.

2022-yilning 2-chorakda tuman hokimimizning say-harakatlari bilan mahalliy byujet hisobidan 15-DMTT va 33-DMTTlarini 500 (besh yuz million) soʻmlik joriy taʼmirlash ishlari bajarildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Respublikada koʻkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-46-son Farmoning 16-bandiga asosan “Yashil makon” dasturi doirasida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Samarqand viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasi tomonidan berilgan 5 594 dona ko’chatlar barcha davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga yetkazilib berildi.

Jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish, baholash, tanlab olish hamda ijrosini monitoring qilish boʻyicha “Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasidan” tanlovida ishtirok etib tumandagi 40-DMTTini joriy ta’mirlash borasida gʻolib boʻldi.

2022-yilda barcha DMTTlarimiz yangi oʻquv jihozlari va koʻrgazmalar bilan taʼminlanib kelinmoqda.

Paxtachi tumaniMaktabgacha taʼlim boʻlimi tomonidan 2023-yil davomida belgilangan vazifalar: 2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyaning 4-boʻlimi 37-38-39-40-maqsadlarini ijrosini taʼminlash yuzasidan bir qator ishlar olib borilmoqda..

Tumanimizda 2023-yilning yakuniga kelib “Chashma” mahallasida yangidan qurilayotgan 8-DMTT oʻz faoliyatini boshlaydi va 120 nafar tarbiyalanuvchini qamrab oladi, bundan tashqari MTT yoʻq mahallalardan 4 ta 25 oʻrinli oilaviy Maktabgacha taʼlim tashkilotlari qamrab olish orqali 120 nafar tarbiyalanuvchini MTTilarga jalb qilish orqali qamrab olish 81,6 foizni tashkil etadi. Shundan 10 590 nafar bolalar maktabgacha taʼlim bilan qamrab olingan boʻladi;

2023-yil yakunida Paxtachi tumanida 12 980 nafar 3-7 yoshli bolalarni tashkil etib, tumandagi  MTTlarda qamrab olish 81,6 foizni tashkil etish koʻzda tutilgan.

Sport sohasida 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar: Aholini sport bilan shugʻullanish uchun qulay shart–sharoitlar yaratish, ommaviy sportni rivojlantirish va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish maqsadida sport maydonchalar (yurish, yugurish, mini-futbol, velosport, badminton, stritbol, “Workout” (mahalla va koʻcha fitnesi)ni tashkil etish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.

Sport inshootlari  jami: 259 ta, aholini sportga jalb qilish kunlik sigʻimi 10 922 nafarni tashkil qiladi. Guruhlar (seksiyalar soni) 475 ta, shugʻullanuvchilar soni 6 186 nafarni tashkil etadi. Paxtachi tumanida reja asosida tadbirlar muntazam oʻtkazilib kelinmoqda. Tumanda 2022-yilning hozirgi kunigacha 357 ta ommaviy sport tadbirlari va turli xil sport musobaqalari oʻtkazilgan. Jalb qilingan aholi soni 35 749 nafar, xotin-qizlar 15 374 nafar, qamrov 23 % ni tashkil etadi.

Shuningdek, bugungi kun holatiga aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida 8.34 km salomatlik yoʻlaklari, 3.44 km uzunlikdagi velosiped yoʻlakchalari, hamda Istiqlol, Mirkan va Mirzo Ulugʻbek mahallalarida “Workout” maydonchalari qurilib topshirildi. 

Yoshlarni jismoniy chiniqtirish ularning sport sohasida qobilyatlarini namoyon qilishlari uchun zarur sharoyitlar yaratish maqsadida tumanimizning Mojor mahallasida 5 mlrd. 77 mln. soʻm mablagʻ hisobiga zamonoviy yengil konstruksiyali Sport maktabi qad rostladi. Majmuada Olimpiya sport turlaridan ogʻir atletika, futbol, tayekvondo VTF, paratayekvondo VTF, parayengil atletika voleybol, basketbol toʻgaraklari tashkil qilinib, yoshlarni doimiy sport bilan shugʻullanishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Tumanda yil maboynida sportning “Futbol”, “Fitnes nafosat”, “Fitnes zamonaviy erkaklar” turlaridan klublar tashkil etilgan. Mazkur sport klublariga 300 dan ortiq yoshlar jalb etilgan boʻlib sport turlaridan musobaqa tadbirlari oʻtkazilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-apreldagi “Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-201-son Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida aholining 7-30 yoshgacha 2 mavsum “Besh tashabbus olimpiadasi” sport yoʻnalishi boʻyicha tumanimiz yoshlari respublika bosqichida ishtirok etib 3 ta oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Sportda erishilgan yutuqlar. Tuman shugʻullanuvchilaridan Oʻzbekiston Chempionati va Kuboklarida jami gʻolib va sovrindorlar jami 84 nafarni, Xalqaro turnirlar va Jahon chempionatlarida gʻolib va sovrindorlar jami 21 nafarni tashkil etadi.

Sport sohasida 2023-yilda rejalashtirilgan ishlar:

  1. Trenerlar salohiyatini oshirish, trenerlarning sifat tarkibini yaxshilash yoʻnalishida

Hozirgi kunda umumiy Sport maktabda 67 nafar trenerlar faoliyat koʻrsatadi.

Shundan 2023-yilda:

  • 15 nafar ( 22,38 %) Oliy maʼlumotli oʻqituvchilar sonini 26 nafar (38.80 %)ga oshirib,  41 nafar (61.19 %) oʻrta maxsus–maʼlumotli oʻqituvchilarni maxsus sirtki yunalishida ukitishni rejalashtirib 2025-yilga kadar 100% trenerlarni oliy maʼlumotli boʻlishga erishish.
  • 3 nafar oliy toifali oʻqituvchilar sonini kamida 6 nafarga, 2 nafar birinchi toifali oʻqituvchilar sonini kamida 12 nafarga, 8 nafar ikkinchi toifali trenerni 20 nafarga yoki hozirgi 13 nafar oliy, birinchi va ikkinchi toifalilar (19,40 %) ulushni 38 nafar yoki (56,71 %)ga koʻtarish rejalashtirilgan;
  1. Oʻquvchilarga sifatli taʼlim–tarbiya berishni tashkil etish yoʻnalishida
  • Tuman shugʻullanuvchilaridan Oʻzbekiston Chempionati va Kuboklarida jami gʻolib va sovrindorlar jami oʻtgan yilgi 84 nafarni tashkil qilgan boʻlsa,  Xalqaro turnirlar va Jahon chempionatlarida gʻolib va sovrindorlar jami o’tgan yili 21 nafarni tashkil qilgan bo’lsa, joriy yilda Oʻzbekiston Chempionati va Kuboklarida kutilayotgan gʻolib va sovrindorlar sonini  130 nafarga yetkazish kutilmoqda. Xalqaro turnirlar va Jahon chempionatlarida ham munosib ishtirok etib gʻolib sovrindorlar sonini 30 nafarga yetkizish rejalashtirilgan.
  • Sport maktabida hozirgi kunda 18 ta sport turidan 201 ta sport toʻgaraklarida 2 226 nafar shugʻullanuvchilar sport bilan muntazam shugʻullanayotgan bo’lsa  2023-yil 1 choragida 19 ta sport turidan yani ogʻir atletika sport turini rivojlantirish orqali sport to’garaklar sonini 203 taga yetkazib shugʻullanuvchilar sonini 2 246 nafardan oshishiga erishish rejalashtirilgan.
  1. Maktablarni kapital rekonstruksiya qilish, kapital yoki joriy taʼmirlash, moddiy texnik bazasini boyitish.
  • Investitsiya dasturi doirasida qurilayotgan Amir Temur mahallasida joylashgan markaziy oʻyingohni yugurish yoʻlagini asfalt yotqizish.
  • Shamsnazar mahallasida joylashgan Xumor oʻyingohini rekonstruksiya qilish, 40x20 o’lchamli universal sport zali qurish.
  1. 5 tashabbus doirasida umumiy oʻrtataʼlim maktablarining moddiy texnik bazasini boyitish:
  • Sport maktabida 17 ta sport turi boʻyicha barchasiga sport jihozlari bilan taminlash va boʻndan tashkari ogʻir atletika va boks sport turi buyicha kerakli jihozlar bilan jihozlash rejalashtirilgan.

Madaniyat sohasida: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi PF–6000-son Farmoni hamda 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-son qarori ijrosini taʼminlash boʻyicha tumanga Respublika Davlat Muqimiy teatridan tashrif buyurib tuman ahliga madaniy xizmat koʻrsatildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi “Madaniyat va sanʼat sohasining jamiyat hayotidagi oʻrni va taʼsirini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi PF-6000-son Farmoni yuzasidan Paxtachi tuman hokimligi madaniyat boʻlimida madaniyat xodimlari tomonidan madaniy –maʼrifiy tadbirlar, ommaviy bayram tomoshalari, adabiy badiiy kechalar, uchrashuv va konsert dasturlari boʻlim tomonidan rejaga asosan amalga oshirilib kelinmoqda.

Boʻlim tomonidan koʻp yillik mehnati uchun xodimlarni ragʻbatlantirish, lavozim maoshlariga belgilangan koeffitsentlarda har chorakda xodimlar muntazam ragbatlantirilib kelinmoqda.

2022-yil davomida 1-son markaziy madaniyat markazi tomonidan 4.776 ming soʻm mablagʻ ishlab topilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ –112-son “Madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi boʻyicha  Paxtachi tumanida “Yoʻl xaritasi”  shakllantirilgan boʻlib sektorlar kesimida mahallabay Kalendar rejasi ishlab chiqilgan. Mazkur reja asosida yil davomida tuman hokimligi, tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash markazi, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi hamda madaniyat boʻlimi hamkorlikda bir qancha ishlar belgilanib, ijrosi taʼminlandi

Tumandagi mahallalar bilan hamkorlikda mahallalarda ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlari oʻtkazildi.

Har-bir oʻrkazilgan konsert-tomosha tadbirlar badiiy saviyada ssenariy, repertuarlar asosida mazmundor oʻtkazilishi taʼminlandi.

Shuningdek Madaniyat vazirligi tomonidan “Madaniyat karvoni” tashrif buyurib, 29-iyun  3-iyul hamda 5-dekabr kunlari Respublikadan tumanimizga kino aktiyorlar, shoirlar, yozuvchilar, sanʼatkorlar tashrif buyurib, xalqimizning kayfiyatiga–kayfiyat qoʻshishdi.

Yil yakuni natijasiga koʻra boʻlim tomonidan yillik va oylik ish rejalar ijrosini taʼminlashga doir, hududlardagi mahalla, taʼlim muassasalari, shuningdek korxona, davlat va jamoat tashkilotlarida amalga oshirilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, badiiy va ommaviy tomoshalar, yoshlar oʻrtasida turli koʻrik tanlovlar, xalq sayillari, teatr, sirk va boshqa turdagi konsert-tomoshalarning bugungi holati tahliliy oʻrganib chiqildi.

Tahlil natijalariga koʻra, 2022-yilning oʻtgan oylari mobaynida tumanda Madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirishga doir 293 ta madaniy-maʼrifiy tadbirlari oʻtkazildi. Shundan bolalar va usmirlar uchun 120 ta, xotin-kizlar uchun 26 ta, adabiy badiiy kechalar 44 ta, teatrlashtrilgan xalk sayillari 20 ta, uchrashuv va davra suhbatlari 48 ta, xalq va badiiy jamoalarning konsert dasturlari 35 tani tashkil etib ushbu oʻtkazilgan tadbirlarda jami umumiy hisobda 95 321 nafar aholining turli qatlamlari qamrab olingan.

Madaniyat boʻlimi tomonidan 2023-yil davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar:  Joriy yilning yanvar oyida  Paxtachi tuman madniyat va turizm boʻlimining 2023-yil birinchi yarim yillik ish rejasi ishlab chiqilib mazkur rejaga asosan umumxalq bayramlari ommaviy madaniy konsert tomoshalarini tashkil etish va koʻtarinki ruxda oʻtkazish, aholiga madaniy xizmat koʻrsatish servesini rivojlantirish nafaqat tashkilot va muassasalarda balki ishlab chiqarish korxonakarida ham ishchi xodimlarning hordiq olishlari uchun madaniy maʼrifiy konsert tomoshalari tashki etish uchun shartnomalar imzolash, taniqli xonanda va sozandalar, soʻz ustalari, yozuvchi va shoirlar bilan ijodiy uchrashuvlar oʻtkazish va shu orqali ish samaradorligini oshirib borish.

Shuningdek boʻlim tomonidan madaniyat markazlarida ijodiy toʻgaraklar tashkil etgan holda taʼlim muassasalari bilan muddatli shartnomalar imzolash va pullik xizmat koʻrsatish tizimini rivojlantirish. Oʻsib kelayotgan yosh avlodni milliy anʼanalarimiz urf-odatlarimiz, umuminsoniy qadriyatlarimiz va oʻziga xos boy tariximiz bilan muntazam tanishtirib borish yuzasidan tumandagi maktab va maktabgacha taʼlim muassasalari hamda tuman tarixiy muzeyi bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish. Haftada bir marta oʻquvchilarni muziyga sayohatini tashkillashtirish va sayohat davomida Qudrat Suyunov hiyobonida oʻquvchi yoshlar uchun maxsus tarbiyaviy ahamiyatga molik ommaviy teatrlashtirilgan konsert tomoshalari hamda madaniy maʼrifiy tadbirlar tashkillashtirish yuzasidan keng koʻlamli ishlar rejalashtirilmoqda.

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM